Google ortiqcha dabdabalarsiz 100 ming dollarga yangi kompaniya sotib olgan

Google ortiqcha dabdabalarsiz 100 ming dollarga yangi kompaniya sotib olgan

Google kompaniyasi sun'iy intellekt bilan kontent yaratuvchilar va brendlarga o'zlarining virtual avatarlarini yaratish imkonini beradigan Alter startapini sotib oldi, deya xabar bermoqda TechCrunch o'z manbalariga asoslanib.

Sotib olish ishlari ikki oy avval yakunlangan, lekin ikkala kompaniyalar ham bu haqida ommaga ma'lum qilmagan. Alter'ning ba'zi top-menejerlari o'zlarining LinkedIn profillarini Google'ga qo'shilganliklarini e'lon qilish uchun yangilashgan, lekin ular sotib olish haqida hech qanday ma'lumotlarni oshkor qilishmagan.

Google matbuot kotibi TechCrunch'ga kompaniya Alter'ni sotib olganligini rasman tasdiqlagan, lekin kelishuvning moliyaviy shartlarini ochiqlamagan.

Bosh qarorgohi Qo'shma Shtatlar va Chexiyada joylashgan, asli Facemoji sifatida dunyoga kelgan platforma o'yin va ilova yaratuvchilariga o'z loyihalariga avatar qo'shish xizmatini taqdim etib kelgan. Keyinchalik u Alter'ga rebrending qilingan.

O'QING: Ilon Mask Twitter'ni sotib oldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!