Google panorama fotolar bilan shug‘ullanuvchi startapni sotib oldi

Google panorama fotolar bilan shug‘ullanuvchi startapni sotib oldi

Amerikaning Google korporatsiyasi Portugaliyaning panorama fotolar bilan shug‘ullanuvchi Digisfera startapini sotib olganligini ma’lum qildi. Digisfera panorama suratlar ishlash va shu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Digisfera kompaniyasi 2011 yilda tashkil topgan. U 360 gradusga buriluvchi noyob suratlar loyihalari ustida ish yuritadi. Digisfera mutaxassislarining eng esda qolarli ishlaridan Braziliyadagi futbol bo‘yicha jahon chempionati, Sochidagi Olimpiada panoramalarini ishlaganlarini sanash mumkin.

Qisqacha izoh. Panorama bu 3d (uch o‘lchamli) ko‘rinishda bo‘ladigan tasvir. Bunday rasmda biror manzarani tomosha qilayotganingizda o‘zingizni o‘sha yerda turgandek his etasiz. Panorama rasmlarini tayyorlash uchun maxsus fotoapparatlar ishlatiladi. Lekin oddiy raqamli (sifrovoy) fotoapparatlar yordamida xam panoramik tasvir yasash mumkin, buning uchun fotoapparatni bir joyda tutib turib barcha tomonni alohida-alohida rasmga tushiriladi. So‘ng olingan barcha rasmlar maxsus dasturlar yordamida birlashtiriladi.

Siz turklarning ushbu saytida ko‘plab panorama suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!