Google parolni boshqarishning yangicha yondashuvini taklif qilmoqda

Google parolni boshqarishning yangicha yondashuvini taklif qilmoqda

Google kompaniyasi Dashlane maxfiy kalitlar menejeri bilan hamkorlikda Open YOLO nomli yangi dasturiy interfeys ishlab chiqdi. Bu nom “You Only Login Once”, ya’ni “siz tizimga bir marta kirasiz” jumlasining qisqartmasidir.
Mustahkam maxfiy kalitlar bugungi axborotlashgan jamiyatda axborotni himoya qilishning bosh omilidir. Biz kunora turli tizimlarga kirishda bu kalit so‘zlardan foydalanamiz. Ammo, doim ham ishonchli, murakkab so‘z talay olmasligimiz mumkin. Yoki maxfiy so‘zlarning ko‘pligidan ularni tez-tez unutib qo‘yamiz.
Open YOLO interfeysi ham Google’ning Smart Lock xavfsizlikni ta’minlash tizimiga o‘xshab ketadi.
“Open YOLO” loyihasi dastur ishlab chiqaruvchilariga o‘zlari yaratayotgan platformaning xavfsizligi uchun xizmat qiladigan, bu ilovaning foydalanuvchilariga tegishli axborot xavfsizligini ta’minlash chorasini ko‘radigan ochiq kodli tayyor maxfiy menejerlarni taqdim qiladi. Bu foydalanuvchilarga turli ilovalarning tizimlariga yagona nuqtadan kirish imkonini berib, axborot xavfsizligini ta’minlaydi.
Hozircha OpenYOLO Android platformasi uchun yaratilgan ilovalar uchun maxfiy so‘z menejerlarini taqdim qilmoqda.
Ya’ni, Android qurilmalari foydalanuvchilari yagona parol yordamida turli qurilmalarning tizimlariga kirishlari mumkin bo‘ladi. Har bir qurilma uchun alohida maxfiy so‘zga hojat qolmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!