Google Pixel 2 ning ilk «jonli» fotolari ko‘rsatildi

Google Pixel 2 ning ilk «jonli» fotolari ko‘rsatildi

GSMarena nashri manbasi Google Pixel 2 smartfonining bir juft «jonli» suratlarini hamda qurilma haqidagi ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni ma’lum qildi.

ITC.ua nashrining yozishicha, qurilmada quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli audio-port bo‘lmaydi (Pixel’ning birinchi avlodida ham bunday tirqish yo‘q edi).

Suratlardan kelib chiqib xulosa qilinsa, u avval sizib chiqqan ma’lumotlardagi ta’riflarga mos kelishini ko‘rish mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, Pixel 2 ning ustida HTC kompaniyasi ish olib borgan va u old panelga stereokarnaylarni o‘rnatishga urinib, smartfonning tepa va pastki hoshiyalarini nisbatan kattalashtirgan.

Bundan tashqari, telefon Edge Sense texnologiyasi bilan ham ta’minlanadi – bu texnologiya vositasida Pixel 2 smartfoni yon tomonidan bo‘ladigan bosimlarni his qila oladi.

Shuningdek, Pixel 2 va Pixel XL 2 smartfonlarining orqa paneli ham yangilangan. Endi shisha qoplama qurilmaning yuqori qismini qoplagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.