Google Pixel 2 smartfoniga tegishli ilk tasvirlar paydo bo‘ldi

Google Pixel 2 smartfoniga tegishli ilk tasvirlar paydo bo‘ldi

2016 yilning 4 oktyabr sanasida Google kompaniyasi o‘z brendi ostida Pixel va Pixel XL smartfonlarini taqdim qilgan edi. Modellar avvalgi Nexus seriyasidagi smartfonlardan dizayn va texnik parametrlar borasida tubdan farq qiladi.

Yaqinda Xitoy internet-nashrlarida Google Pixel 2 modelining tasvirlari e’lon qilindi, deb yozadi IXBT nashri. Albatta, hozir ushbu tasvirlarning aniqligi shubha ostida. Biroq xitoylik resurslarda, odatda, to‘g‘ri ma’lumotlar ham berilishini unutmaslik kerak.

Tasvirlarga qaraganda, Google Pixel 2 qalinroq yon ramkalarga, displey ostida joylangan dinamiklarga ega bo‘ladi. O‘ng tomonda quvvat va ovoz balandligini sozlaydigan tugmalar joylashadi. Orqa korpus shishadan qilinadi. Unda asosiy kamera, chaqnoq va daktiloskopik sensor o‘rnatilgan. Qurilma USB Type C uyasi, 3,5 millimetrli audioslot bilan jihozlanadi.

Qurilmaga Snapdragon 835 chipi o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!