Google Pixel XL video-renderi namoyish etildi

Google Pixel XL video-renderi namoyish etildi

Avval xabar berganimizdek, Google kompaniyasining HTC bilan hamkorlikda tayyorlayotgan yangi Pixel seriyasidagi smartfonlari keyingi hafta namoyish etiladi. Mazkur seriyadagi telefonlar oldingi Nexus turkumidagi modellar o‘rnini egallashi kutilmoqda. Bundan tashqari endilikda telefonlardagi logotip ham o‘zgarishi mumkin.

Kuni kecha OnLeaks tarmog‘ida Google Pixel XL telefonining video-renderi paydo bo‘ldi. Yangi model 5,5 dyuymli ekranga ega bo‘ladi, gabaritlari   154,72 x 75,74 x 7,3-8,5 mm. Taqqos uchun iPhone 7 Plus gabaritlari 158 x 77,9 x 7,3 mm, Samsung Galaxy Note 7 modeliniki esa 153,5 x 73,9 x 7,9 mm.

Shu bilan birga OnLeaks manbadan olingan ma’lumotlar asosida telefonning 3D-renderini ham taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi Google Pixel va Pixel XL smartfonlari 4 oktyabrda namoyish etiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!