Google Play’da keraksiz dasturlardan qutqaruvchi filtrlar paydo bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1512
  •  21.04.2017 18:04

Google Play’da keraksiz dasturlardan qutqaruvchi filtrlar paydo bo‘ldi

Statistikaga ko‘ra, o‘rtacha foydalanuvchining smartfonida 110 ga yaqin ilova o‘rnatilgan, ammo ularning nari borsa uchdan birini ishlatadi. Qolganlari shunchaki joy egallab yotadi, sababi oddiygina – «Balki kerak bo‘lib qolar», degan o‘y.

Ammo ertami-kechmi, smartfon xotirasi to‘lib qoladi. Endi eng katta joy egallagan, shuningdek, eng kam ishlatiladigan ilovalarni o‘chirib tashlamasa bo‘lmaydi. Android uchun Google Play’ning yangi funksiyasi ayni shu ishni qulaylashtirish uchun joriy etilgan.

Undan foydalanish uchun o‘z mobil qurilmangizdagi dasturlar katalogini oching. Ilovalar va o‘yinlar joylashgan «Moi prilojeniya i igri» bo‘limiga o‘ting.

E’tibor bering, Google yangi jihoz qo‘shgan, u ro‘yxatni ilovalarning turli parametrlariga ko‘ra saralab ko‘rsatadi. Shu jumladan, hajmi va oxirgi ishlatilgan sanasiga ko‘ra ham.

Dasturlar ro‘yxatini ularning hajmiga ko‘ra taxlang va ulardan qaysilari eng ko‘p joy egallagani ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. So‘nggi ishga tushirilganligi bo‘yicha filtrni yoqing – qaysi ilovalardan foydalanmay qo‘yganingizni ko‘rasiz. Har ikkala belgisiga ko‘ra eng keraksizlarini tanlab, o‘chirib yuborsangiz, smartfoningiz anchagina yengillashadi.

Buning uchun esa ro‘yxatdagi o‘sha keraksiz ilovaning nomiga bosasiz. Dasturning kartochkasi ochiladi, undagi «Udalit» tugmachasini bossangiz bo‘ldi.

Vaqti-vaqti bilan shunaqa tozalashni amalga oshirib tursangiz, keraksiz dasturlardan qutulgan smartfoningiz sizga yaxshiroq xizmat qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!