Google Play logotipi yangilanmoqda

Google Play logotipi yangilanmoqda

2012-yilda Google o'zining Android uchun ilovalar do'koni, "Android Market"ni "Google Play" nomiga qayta brendlagan edi. Shunday qilib, bu yil Google Play yoxud Play Store o'zining o'n yilligini yangi logotip bilan nishonlamoqda.

Google Play'ning yangi logotipi. Foto: Google

Google yangi logotipga unchalik katta o'zgartirish kiritmagan. Yanada yumaloqlangan burchaklar va yorug'ligi kamaytirilgan ranglar bilan yangi dizayn logo Google'ning boshqa xizmatlarining logotiplari bilan uyg'unlashadi.

Google'ning ta'kidlashicha, bugungi kunga kelib Play Store xizmatidan har oy 190 dan ortiq mamlakatlarda 2.5 milliarddan ortiq odamlar yangi raqamli kontent qidirish uchun foydalanishadi. Shuningdek, 2 milliondan ortiq dasturchilar ilovalar do'konini o'zlarining kontentlari bilan to'ldiradilar.

O'QING: MIUI 14 grafik qobig‘iga qanday yangi funksiyalar qo‘shiladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!