Google Rossiyada jarimaga tortildi

Google Rossiyada jarimaga tortildi

2016 yil, 11 avgust kuni Rossiya Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Google korporatsiyasini raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzganligi uchun 438 mln rubl jarimaga tortdi.
Roem.ru manbasiga ko‘ra, Google Android platformasida smartfon ishlab chiqaradigan kompaniyalarga boshqa brendlarning dastur va ilovalarini oldindan platformaga o‘rnatishga ruxsat bermas ekan.

Aynan mana shu cheklov Yandeksning Google kompaniyasiga qarshi shikoyat berishiga sabab bo‘lgan. Rossiya Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining saytida berilgan xabarga ko‘ra, Google korporatsiyasi Rossiya hududida sotish uchun ishlab chiqarilgan smartfonlarga majburiy ravishda o‘zining turli ilovalari (Gmail, Play Market, Google Maps va boshqalar) va qidiruv tizimini dasturiy ta’minotga avvaldan o‘rnatish (Google Chrome), ularni qurilmaning brauzeridagi asosiy sahifasiga joylashtirish orqali “Raqobatni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni buzgan. Shuningdek, qo‘mita xabarida raqobat haqidagi qonunga Rossiya hududida barcha tashkilotlar, jumladan, transmilliy korporatsiyalar ham amal qilishi majburiy ekanligi qayd etilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!