Google sun’iy intellekti lablardan o‘qish aniqligi bo‘yicha odamdan o‘tib ketdi

Google sun’iy intellekti lablardan o‘qish aniqligi bo‘yicha odamdan o‘tib ketdi

Google DeepMind va Oksford universiteti tadqiqotchilari lablardan yuqori aniqlikda o‘qish dasturini yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalanishdi, deya xabar bermoqda 3D News. Ushbu yo‘nalishda neyrotarmoqlarni takomillashtirish uchun tadqiqotchilar BBC’dan olingan minglab soatli yozuvlarni ishlatganlar. Natijada esa sun’iy intellektning lablardan o‘qish aniqligi 46,8 %ni tashkil qilgan. To‘g‘ri, bir qarashda mazkur natija yuqori emasday tuyulishi mumkin, biroq aynan ushbu yozuvlarni inson-mutaxassis 12,4% aniqlik bilan o‘qiy olgan.

Google DeepMind asosida yaratilgan Watch, Listen, Attend, and Spell dasturi BBC dasturlaridagi tasodifiy ko‘rsatuvlarda ishtirok etgan qatnashchilarning nutqlarini ularning lablaridan o‘qishga muvaffaq bo‘lgan.

Google xodimlarining qayd etishicha, kelajakda mazkur texnologiya, masalan, eshitish qobiliyatida nuqsoni bor odamlarga turli dialoglarni tushunishga imkon yaratadi. Shuningdek, undan kamera orqali, deylik, smartfonlarga turli buyruqlarni berishda foydalanish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!