Google telefondagi ilovalar ichida ma’lumot qidirish funksiyasini ishga tushirdi

Google telefondagi ilovalar ichida ma’lumot qidirish funksiyasini ishga tushirdi

Google telefondagi ilovalar ichidan ma’lumot qidirish funksiyasini ishga tushirdi. Funksiya ilovalarni o‘zaro birlashtirish xususiyatiga ega Google’s deep links texnologiyasi asosida ishlaydi, biroq yanada ko‘proq materiallarni qamrab olishga qodir.

Yangi qidiruv rejimi oddiygina qilib “In Apps” deb nomlangan. Ushbu rejim Android telefondagi Google qidiruv ilovasi yordamida qurilmadagi ilovalarda mavjud ma’lumotlarni topishga ko‘maklashadi. Masalan, endi Google qidiruv ilovasi orqali Kontaktlardagi odamlar, Hangouts, Gmail yoki Messenger’dagi xabarlar,  Spotify yohud Google Play Music servisidagi musiqalar, YouTube’dagi videolar hamda Evernote yoki Google Keep ilovasidagi qaydlarni qidirish mumkin.

Biroq ayni paytda funksiya barcha ilovalardagi ma’lumotlarni qidirib topishni o‘rganmagan. Google kompaniyasi Facebook Messenger, LinkedIn, Evernote, Glide, Todoist va Google Keep ilovalarida izlash keyingi oydan ishga tushishini tasdiqlagan.

phonearena.com saytida ma’lumot berilishicha, LG V20 mazkur funksiya ishlaydigan ilk smartfon bo‘lishi kutilmoqda. Sababi ushbu smartfon Android 7.0 Nougat versiyasida faoliyat ko‘rsatadigan ilk smartfon hisoblanadi.

Albatta, bu foydalanuvchilar juda qulay funksiya bo‘lishi hozirdan ta’kidlanmoqda. Endi biror ma’lumotni qidirish uchun har bir ilovaga alohida kirishning hojati yo‘q.

in-apps-02in-apps-01