Google tizimida saqlanib qolgan shaxsiy ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin?

Google tizimida saqlanib qolgan shaxsiy ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin?

Google kompaniyasi hech qachon foydalanuvchilar haqidagi har qanday ochiq ma’lumotni to‘plashi va uni saqlashini yashirmagan, deb yozadi «Layfxaker». Yangi «Harakatlarni kuzatish» servisi yordamida siz bunga o‘zingiz ishonch hosil qilishingiz, shuningdek, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqishingiz va zarur bo‘lsa, isnod keltiruvchi yozuvlarni o‘chirib tashlashingiz mumkin.

Yaqinda Google dasturchilari navbatdagi marta «Mening akkauntim» servisini yangiladi, natijada u ancha qulaylashdi. Endi foydalanuvchilar o‘zlari haqida yig‘ilgan axborotni nafaqat ko‘rishi, balki alohida yozuvlarni o‘chirishi ham mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari, ovozli so‘rovlar tarixiga bag‘ishlangan yangi bo‘lim paydo bo‘ldi.

O‘z dosengizga kirish uchun «Mening akkauntim»ga kiring, so‘ng «Harakatlarni kuzatish» bo‘limiga o‘ting. Shunda har biri to‘planadigan axborotning ma’lum toifasiga bag‘ishlangan bir nechta seksiyani ko‘rishingiz mumkin:

  • qidiruv so‘rovlari va ko‘rilgan sahifalar;
  • siz tashrif buyurgan joylar;
  • qurilmalardan olingan ma’lumotlar;
  • ovozli so‘rovlar va buyruqlar;
  • siz YouTube’da qidirgan videolar;
  • siz YouTube’da ko‘rgan videolar.

Google kompaniyasi siz haqingizda yig‘gan doseni ko‘rib, ulardan qaysisinidir o‘chirishni istashingiz mumkin. Buni amalga oshirish juda oddiy: «noqulay» ma’lumotlarning barchasini bayroqchalar bilan belgilang va «O‘chirish» tugmasini bosing. Agar bir necha kun yoki butun davr mobaynidagi ma’lumotlarni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, yuqoridagi asboblar panelidagi maxsus buyruqdan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, «Mening akkauntim» servisi sozlamalarida siz haqingizda har qanday toifa bo‘yicha ma’lumot yig‘ishni taqiqlash imkoniyati ham bor.

Manba: Daryo.Uz