Google va Micromax atigi 31 dollarlik smartfon chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  1463
  •  03.01.2018 16:56

Google va Micromax atigi 31 dollarlik smartfon chiqaryapti!

Joriy yil yanvar oyining oxiriga borib, Hindistonning Micromax kompaniyasi Google bilan hamkorlikda ishlangan yangi smartfonini taqdim etadi. Bu xususda Factor Daily nashri xabar bergan.

O‘QING: Micromax Canvas Infinity — $150 dollarlik hamyonbop romsiz

Micromax’ning yangi smartfoni o‘z vatanida 2000 rupiy qiymatida savdoga chiqariladi, bu esa taxminan 31 AQSh dollaridan salgina oshadi. Mazkur qurilma Android 8 tizimining kuchsiz smartfonlarga mo‘ljallangan maxsus talqini – Android Oreo (Go Edition) boshqaruvi ostida ishlaydi. Aytish kerakki, Android Oreo (Go Edition) tizim talqinida Google ilovalarining ishlashi optimallashtirilgan – ular xotira, protsessor kuchi va trafikni kamroq talab etadi.

Tabiiyki, narxiga yarasha uning xususiyatlari ham ancha past bo‘ladi. Smartfonning tezkor xotirasi 512 megabayt yoki 1 gigabayt, ichki xotirasi esa 8 gigabayt hajmga ega bo‘lishi aytilgan. Protsessori esa MediaTek yoki Qualcomm’ning nisbatan eski, arzon ishlanmalaridan biri bo‘ladi.

O‘QING: Hindistonda 1 oyda 4 million dona smartfon sotgan brend ma’lum bo‘ldi

Micromax’dan keyin Intex, Lava va Karbonn kabi hind kompaniyalari ham shunaqa arzon Android-smartfonlar chiqara boshlashadi, deyiladi xabarda. «Kambag‘albop» Android-smartfonlar Hindistondan tashqarida sotilishi yoki sotilmasligi haqda hozircha biror ma’lumot yo‘q. Balki onlayn savdo platformalari orqali olish mumkin bo‘lar.

O‘QING: AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!