Google xizmati batareyani tez quvvatsizlantiradimi?

  •   Saroy
  •  880
  •  11.05.2018 16:48

Google xizmati batareyani tez quvvatsizlantiradimi?

Ko‘pchillik foydalanuvchilar o‘zlarining  Android-smartfonlari tezda quvvatsizlanib qolayotganidan nolishadi, bunga ko‘pincha Google xizmatini ayblashadi. Xo‘sh muammo qanday bartaraf etiladi, so‘z shu haqda boradi.

Google xizmati tufayli tez quvvatsizlanish: uni qanday bilish mumkin?

 Telefoningizda Google’ning barcha  ilovasi ham yuqoridagi aytib o‘tilgan xizmatsiz ishlamaydi. Agar telefoningiz tezda quvvatsizlanib qolsa, u holda aybdor aynan  Google xizmati bo‘ladi. Albatta batareya vaqt o‘tib o‘zining sig‘imini yo‘qotadi, lekin gadjet bir necha soat ichida  o‘chib qolsa, muammo dasturiy ta’minotda bo‘lib chiqishi mumkin.

Smartfonni aynan nima quvvatsizlantirish mumkin, buni bilish oson: “Nastroyki” ilovasini oching va keyin “Batareya” bo‘limiga o‘ting, pastdagi skrinshotda ko‘rindimi, “Statistika”  tugmachasini bosing.

 Ro‘yxatning tepasida ilova va funksiya yaqqol ko‘rinadi. Agar siz birinchi o‘rinda  “Ekran” ni ko‘rdingizmi, buning ajablanadigan joyi yo‘q. Lekin Google xizmati  “Ekran” dan  yoki  energiya iste’moli bo‘yicha “Platforma Android”ni bosib ketsa,  u holda siz yuqoridagi muammoga duch kelgan bo‘lasiz.

Nega shunday bo‘ladi va uni qanday to‘xtatish mumkin?

Nega Google xizmati energiyani haddan ziyod ko‘p iste’mol qilib yuboradi,  bu muammoni bartaraf etish yo‘llari bir nechta. Telefonni o‘chirib yoqqan bo‘lishingiz kerak, agar unday qilmagan bo‘lsangiz, buni hozirdanoq qiling. Shuningdek, shu narsaga ishonch hosil qilingki, siz so‘nggi versiyadagi proshivkadan foydlanayapsiz va qurilmangizdagi barcha aloqalarni yangiladingiz. Ko‘p hollarda bu yordam beradi.

Google xizmati ko‘p sonli akkauntlar tufayli akkumulyatorni quvvatsizlantirishi mumkin.

Google xizmati, ilova uchun kerakli ma’lumotlarni yuklaydi. Bu sizning elektron xatingiz yoki reklamangiz, bildirish yoki qayerda turganingizni tekshirish bo‘lishi mumkin, Agar siz Google ning bir nechta akkauntidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ulardan biri, masalan, sizning shaxsiy, boshqasi ishchi, unda bu xizmat bir vaqtning o‘zida ishlayotgan bo‘ladi.

Chekka ilovalar Google xizmatida noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lishi mumkin.

Energiyani haddan ziyod iste’mol qilish xizmat sababli emas, balki chekka ilovalar tufayli ham bo‘lishi mumkin. Telefonni xavfsiz rejimga qayta yuklang, Google xizmati sizni bezovta qilmay qo‘ydimi, demak muammo aynan qaysidir ilovada bo‘ladi.

 Telefonni to‘liq o‘chiring

 Uni qayta yoqing va Samsung yozuvi bilan yuklanish boshlansa “Gromkost vniz” tugmasini bosib ushlab turing.

Aybdorni topish uchun yaqinda o‘rnatilgan barcha dasturni o‘chirib tashlang.

Akkauntlarning qisqacha sinxronlashganini tekshiring

Sinxronlashtirishda yo‘l qo‘yilgan xato, aynan Google ma’lumotlarni sinxronlashtirishga urinayotgan, lekin buni amalga oshiralmayotgan paytda  ro‘y beradi. Masalan, u ma’lum bir serverga qo‘shila olmaydi, shu bois uzilish ro‘y beradi. Agar fotografiyani, aloqani, taqvimni  sinxronlashtirish chog‘ida nimadir boshqacha bo‘layotgan bo‘lsa va Google ma’lumotlarni uzatishga urinayotgan bo‘lsa-yu, har gal jarayon samara bermayotgan bo‘lsa, u holda  Google akkauntini o‘chirishga va uni qayta yuklangandan keyin qo‘shishga to‘g‘ri keladi. Odatda bu yordam beradi.

Muammo GPS’da bo‘lishi mumkin

Qachonki, qandaydir ilovaga foydalanuvchining turgan joyi kerak bo‘lsa, u buni  Google Play xizmati orqali talab qiladi, bunda u o‘rnatilgan GPS orqali ma’lumotlarni oladi.  GPS moduli ko‘p quvvat talab etadi, chunki yuqorida aytib o‘tilgan xizmatlar turgan joyni aniqlash jarayoniga yordam beradi, Ular quvvatni juda tez o‘ldiradi, garchi bu yerda haqiqiy aybdor GPS bo‘lsa-da.

Bundan sharoitda biz sizga faqat bitta maslahat bilan yordam bera olamiz: “Ekonomiya energii” ni topish uchun energiyani yana ham tejaydigan  usuldan foydalaning. Buning uchun “Nastroyki” ni oching, “Mestopolojeniye” bo‘limiga o‘ting ushbu parametrlarni o‘zgartiring. Turgan joyni aniqlash unchalik darajada aniq bo‘lmaydi, lekin ko‘p hollarda shu yetarli bo‘ladi.

Tekshirib ko‘ring tizimlar xizmati dasturi sabab bo‘lmayaptimikan?

 Chekka dasturchilar tomonidan havola etilgan xizmatlar tizimi uchun ilovalar kerak bo‘lmagan jarayonni o‘chirib qo‘yadi, Ammo ular ba’zan ko‘rinib qoladi, ya’ni har doim o‘chib qayta qo‘shiladi, natijada telefon yanada yomon ishlay boshlaydi. Shunisi yaxshiki, buni tekshirish  juda oson, tizimga xizmat qilayotgan ilovani o‘chirasiz.

 Antivirusni yoki fayervolni o‘chiring

 Ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlaydigan ta’minot dasturi, antiviruslar va fayervollarga o‘xshab mobil qurilmaning avtonom ishlashiga salbiy ta’sir o‘tkazadi, chunki, u har doim ishlab turishi kerak. Agar siz ma’lumotlarni shubhali saytlardan yuklab olayotgan bo‘lsangiz va elektron maktublarda kutilmagan fayllarni ochmasangiz, unda operatsion tizimiga virus tushush ehtimoli juda past. Xuddi OS xizmati uchun ilovalar bilan bog‘liq holatlaridagi kabi antivirusni yoki fayervolni o‘chiring, qani ko‘ringchi nima sodir bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!