Gresso’dan yarim million dollar turadigan iPhone 7

Gresso’dan yarim million dollar turadigan iPhone 7

Shu oyning boshida namoyish etilgan iPhone 7 o‘zining avvalgi o‘tmishdoshlaridan tashqi tomondan katta farq qilmaydi. Biroq o‘z gadjetlarini boshqalarning qurilmalaridan ajralib turishini istaydiganlar uchun lyuks turkumidagi telefonlar ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Gresso kompaniyasi qora brilliantlar bilan bezalgan iPhone 7 modelining maxsus versiyasini taklif qilmoqda.

Gresso har biri 500 000 AQSh dollari turadigan 3 xil ekzemplyarni sotuvga qo‘ygan. Mazkur hashamli iPhone 7 modelining orqa korpusi jami og‘irligi 102 karat bo‘lgan 1450 xil qimmatbaho toshlar bilan bezalgan, korpusning o‘zi esa 5 klassdagi titandan tayyorlangan.

5P3RpSbDEarVk7urURU24TjMhwbxAIz2Az0jy5aJ8rP8luXRz1b9Pz2kFK2ZieKVgRrDvswIDofUZPEgz04iTWnTqnT1z2qA

Gresso logotipi va kamera gardishi 18 karatli oltindan ishlangan. Bundan tashqari, smartfon o‘ramiga qora rangdagi jami vazni 2 karat bo‘lgan 30 ta qora brilliantlar bilan bezatilgan eksklyuziv Apple AirPods naushniklari ham kiritilgan.

5P3RpCLz0Mu3ew5j9nVI4bPz2IbU1YMz0PDGrlfOHFfeiwnhz0DSHJpuA8h1jyx6hlxkmAgIsz0t6XNMvPwPYOSMOHZIFq6Kb

Bunday qimmatbaho smartfon va naushniklarni tayyorlash uchun taxminan 18 soat vaqt sarflanadi. Albatta, barcha ishlar Gresso zargarlari tarafidan qo‘lda bajariladi. Zargarlar asos sifatida 256 GBli iPhone 7 modelidan foydalanadilar. Har bitta bunday iPhone 7 o‘z korpusida tegishli tartib raqamiga ega bo‘ladi.