Gucci virtual olamga kirib kelmoqda

Gucci virtual olamga kirib kelmoqda

Gucci Z-avlodga yo‘naltirilgan Gucci Vault loyihasini kengaytirish maqsadida raqamli ko‘chmas mulk platformasi bo‘lgan The Sandbox metaverse'dan joy sotib oldi. 

Virtual olamda Gucci nimalar qilishi hozircha noma’lum, lekin u yerda foydalanuvchilar zamonaviy raqamli moda buyumlarini sotib olishlari mumkin bo‘ladi. 

Gucci o‘tgan yil davomida o‘zining metaverse strategiyasini kuchaytirdi va raqamli moda, virtual olamlar va NFT'larni birinchi o‘zlashtiruvchisi hisoblanadi. Yaqinda Gucci Superplastic bilan hamkorlikda 500 ta NFT to‘plamini chiqardi. "SUPERGUCCI" deb nomlangan NFT'larning har biri 1,5 Ethereum kriptovalyutasidan ortiq turadi. 

Bugungi kunda The Sandbox va Decentraland kabi metaverse'lar brendlar va dizaynerlar e’tiborini o‘ziga tortmoqda, chunki metaverse platformalari odamlarga virtual ko‘chmas mulkni, shu jumladan do‘konlar va tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni sotib olish, ijaraga berish va rivojlantirish, shuningdek virtual tovarlarni sotish imkonini beradi.

O‘QING: Galaxy S22 va S22+ smartfonlari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.