Hali taqdim etilmagan OnePlus 6 smartfonini mutlaqo tekinga olasizmi?

  •   DiMaX
  •  1718
  •  24.04.2018 16:09

Hali taqdim etilmagan OnePlus 6 smartfonini mutlaqo tekinga olasizmi?

OnePlus kompaniyasi o‘zining hali rasman namoyish etilmagan OnePlus 6 smartfonidan bir nechtasini sinab ko‘rish uchun tasodifiy xohlovchilarga bepul taqdim etmoqchi. Buni brend vakillari rasmiy forumda e’lon qilishgan.

O‘QING: «Aslo qotmaydigan» OnePlus 6 flagmanini yoqiq holida «jonli» ko‘rsatishdi

Xohlovchilar mazkur aksiyada ishtirok etish uchun mana bu havola orqali o‘tib, onlayn-anketani to‘ldirishlari kifoya – uyog‘iga lotereya natijalarini kutish kerak bo‘ladi. Arizalarni qabul qilish allaqachon boshlangan va 2 may sanasigacha davom etadi. Aksiya ishtirokchilariga qo‘yiladigan majburiy talab – arizani to‘lig‘icha ingliz tilida rasmiylashtirish, xolos.

Ammo aksiyada yutib chiqqaningiz – bu hali sizga OnePlus 6 smartfonini shundoqqina berib yuborishadi, degani emas. Anketasi tanlab olingan ishtirokchilar mazkur qurilma haqida inglizchada batafsil taqriz ham yozib berishlari kerak bo‘ladi. Bunda ular gadjetning funksionalligi haqidagi fikrlarini, undan foydalanishdagi taassurotlarini aks ettirishlari lozim.

OnePlus bir narsaga aniqlik kiritmagan: smartfon aksiya ishtirokchisida butunlay qoladimi, yoki sinov davridan keyin uni qaytarib berish kerakmi? Lekin qanday bo‘lishidan qat’i nazar, smartfonlari «aslo qotmaydigan» kompaniyaning yangi flagmanini hammadan burun ishlatib ko‘rish uchun aksiyada qatnashsa arziydi. Agar siz ham o‘zingizga ishonsangiz va bu borada omadingizni sinab ko‘rishni xohlasangiz, ushbu havola orqali o‘tib, anketa to‘ldirishingiz mumkin.

O‘QING: AnTuTu’da rekord o‘rnatgan OnePlus 6’ni batafsil tomosha qilamiz! (+video)