Hamyonbop “Honor 5C” ertadan xalqaro bozorda sotila boshlaydi

Hamyonbop “Honor 5C” ertadan xalqaro bozorda sotila boshlaydi

Huawei kompaniyasi bu haqda o‘zining Twitter sahifasida e’lon qildi. Smartfon birinchi bo‘lib, 20 va 22 yunda Buyuk Britaniya va Hindistonda namoyish etiladi va sotuvga chiqariladi.

Buning uchun Honor 5C smartfonining maxsus xalqaro talqini ishlab chiqilgan.  Honor 5C Xitoyda shu yilning aprel oyida taqdim etilgan edi.

Honor 5C metall korpusli, barmoq izlari skaneriga ega hamyonbop mobil aloqa vositasi bo‘lib, Xitoy smartfon bozorida 3G aloqa tarmog‘iga mo‘ljallangan talqini 139 AQSh dollaridan sotilmoqda. Uning 4G talqini bir oz qimmatroq.

Huawei Honor 5C 5,2 dyuymli Full HD (1920 x 1080 piksel sig‘imiga ega) displeyga, 13 megapikselli bosh hamda 8 megapikselli old kameralarga ega.

Smartfonning apparat dasturiy ta’minoti 8 yadroli Kirin 650 protsessori, 2 GB tezkor xotira va 16 GB doimiy ichki xotirada faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, uning xotirasini microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida kattalashtirish mumkin.

Smartfon 2 ta SIM-kartani, LTE Cat.6 (4G-model), Bluetooth 4.1, Wi-Fi (802.11 b/g/n), GPS, GLONASS va Beidou, FM-radio kabi aloqa texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Uning akkumulyatori 3000 mA soat elektr toki sig‘imiga ega.

Huawei Honor 5C o‘lchamlari: 147,1 x 73,8 x 8,3 mm, og‘irligi — 156 gramm.

“Aqlli telefon” Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimining EMUI 4.1 moslashtirilgan talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.