Hamyonbop internet paketlar hamda tariflar haqida bilasizmi?

Hamyonbop internet paketlar hamda tariflar haqida bilasizmi?

Mobil aloqa operatorlari tomonidan taklif etilayotgan tariflar hamda xizmatlar kundan kunga ko'payib bormoqda. Xizmatlar jozibador, har bir taklifning o'ziga xos qulayliklari, shartlari hamda narxlari mavjud. Bulardan o'z vaqtida boxabar bo'lish, turli aksiya va bonuslardan manfaatli foydalanish abonentlarning ham vaqtini ham naqdini tejashga yordam beradi.

Hozirda bu masalani hal qilishga mo’ljallangan dastur ilovalar juda ham ko’p va xilma-xil. Biz esa sizga eng yaxshilaridan birini - Mobile USSD Uzbekistan ilovasini tanishtiramiz.

Mobile USSD Uzbekistan - android telefonlar uchun ishlab chiqilgan hamda ko’p sonli foydalanuvchilar e’tirofiga sazovor bo’lgan mobil ilovadir. Ushbu ilova yurtimizdagi barcha mobil aloqa operatorlarining eng so’nggi tariflari, xizmatlari, internet paketlari va USSD kodlari haqidagi barcha aktual ma’lumotlarni bir joyga to’plagan qulay yordamchidir.

Ilovaning chiroyli dizayni, foydalanishga qulay va sodda interfeysi, ma’lumotlarning to’liqligi hamda ikki SIM-kartali telefonlarni qo’llab-quvvatlashi Sizda yaxshi taassurot qoldirishiga ishonamiz.

Mobil ilova yordamida Siz uyali aloqa tarif rejalari haqida ma’lumotlar - narxlar, muddati, daqiqalar va megabaytlar limiti, tarifikatsiya, ulanish shartlari haqida batafsil kataloglashtirilgan ma’lumotlar bilan tanishishingiz hamda ma’qul tariflarga tezkor ulanishingiz mumkin. Mazkur ilovada 5 ta aloqa operatoriga tegishli 100 dan oshiq tariflar haqida kerakli ma’lumotlar taqdim etilgan.

Internet davrida eng yaqin yordamchingiz - mobil telefoningiz doimo onlayn bo’lishi talab etiladi. Mobile USSD Uzbekistan ilovasida operatorlar taklif qilayotgan internet paketlarga qulay ulanish imkoniyati mavjud. Ilovada sizga 150 dan oshiq internet paketlar haqida aktual ma’lumotlar taqdim etilgan.

Bundan tashqari uyali aloqa operatorlariga tegishli 100 ga yaqin USSD kodlar, 60 dan oshiq xizmatlar haqida ma’lumotlar mobil ilovada taqdim etilgan. Doimiy ravishda turli aksiyalar, bonuslar hamda operatorlarga tegishli muhim yangiliklar haqida push-xabarnomalar beriladi.

Ushbu ilovadan foydalanib ko’ring, u sizning mobil aloqa xizmatlari uchun yaqin yordamchingizga aylanadi degan umiddamiz!

 

Ilovani Google Playdan yuklab olish: bit.ly/3dSM99I

Ilova hajmi: 3.5 MB
Android: 4.2 dan yuqori versiyalar
Foydalanuvchilar bahosi: 4.4
Yuklab olishlar: 40,000+

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!