Hamyonbop kamerafonlar jangi: Xiaomi Mi A1 va Honor 7X

Hamyonbop kamerafonlar jangi: Xiaomi Mi A1 va Honor 7X

Xiaomi hamda Google kompaniyalari taqdim qilgan Xiaomi Mi A1 hamyonbop smartfoni arzon bo‘lish barobarida, kuchli kamerafon ham hisoblanadi.

Xitoylik ishlab chiqaruvchining yangi mobil aloqa vositasi metall korpus va qo‘sh sensorli 12 + 12 Mp birikuvidagi flagman kameraga ega bo‘lgan. Devaysning bu jihati iPhone 7 Plus'ga o‘xshab ketadi. Olingan suratlarni qayta ishlash uchun maxsus -- "sun’iy idrok"texnologiyasi tatbiq qilingan algoritmi ishlab chiqarilgan. 5 megapikselli selfi-kamerada ham suratni qayta ishlash uchun shunday innovatsion algoritm joriy qilingan. Shuningdek, kameralar 2 karralik optik yaqinlashtirish funksiyasiga ham ega bo‘lgan.

Ishlab chiqaruvchi bosh kamera pikselining 1,25 mkm.ga oshgani, bu esa hozirgi odatiy sensorlardan yorug‘likni 56% ga yaxshiroq qabul qilishi va natijada, surat yanada yorqin chiqishini alohida qayd etgan. Muhim jihati bu gadjetda 4K sig‘imli video suratga olish mumkin.

Xiaomi Mi A1 2 talqinda ishlab chiqariladi. Uning 4+64 GB talqini 12 sentyabrdan 230 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan. Bugun yurtimizda ushbu devays  2 091 000 so‘mdan sotilmoqda.


Huawei kompaniyasi bir necha kun avval Xitoyda Honor 7X smartfonini taqdim qilgan edi. Huawei Honor 7X 5,93 dyuymli Full HD+ (2160 x 1080 pikselli), 2.5D effektli qayrilma ekrani bilan o‘ziga xos. Shuningdek, uning kamera imkoniyatlari ham yuqori.

Bosh kamera uchun 16+2 Mp sensorlar hamda selfi-kameraga 8 Mp sig‘imli sensor tanlangan. Uning selfi kamerasining o‘ziga xosligi -- "Portret" rejimini qo‘llab-quvvatlashida. Biroq, uning bosh kamerasi 4K emas, FullHD video suratga oladi.

Huawei Honor 7X devaysining eng arzoni (32 GB) xalqaro bozorda 230 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Quyidagi suratlar sifatiga o‘zingiz baho bering:

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.