Hamyonbop Mi A2'da olingan ilk suratlar sifati – hayratomuz!

Hamyonbop Mi A2'da olingan ilk suratlar sifati – hayratomuz!

Shu yilning 24 iyulida Ispaniya poytaxti Madridda Mi A2 smartfoni taqdim qilingan edi. Mi A2 korpusi sifatli hamda plastik uloqlardan xoli uslubda tayyorlangan. Shu jihati bilan uning korpusi Redmi turkumidagi hozirgi modellardan farq qiladi. Kompaniya bu gal yaxshi chipsetni ham qizg‘onmagan.

Mi A2 bizga yaxshi tanish Qualcomm Snapdragon 660 chipiga ega bo‘lgan. Xiaomi'ga ko‘ra, Antutu benchmarkida gadjet 140,000 ball, ya’ni o‘tgan yilgi Mi A1 modelidan (64,523) ancha-muncha ko‘p ball to‘plagan. Mi A2 tezkor xotirasi 4/6 gigabaytli, doimiy xotira 64/128 gigabaytli.

Yaxshi chipga ega bo‘lgach, devaysning kamera imkoniyatlari ham oshadi ...

Mi A2 bosh kamerasida ikki ob’yektivli: 12 megapikselli IMX486 sensori hamda 20 megapikselli Sony IMX376 sensori. Ularning har ikkalasidagi yorug‘lik taqsimlaydigan diafragma f/1.75 standartli. Ya’ni, juda ham yaxshi. Natijada, sensorlarning piksel o‘lcham ham kattalashgan - 1.25 mikron piksel va 2 mikron piksel. Xiaomi taqdimotda Mi A2 kamera imkoniyatlarini Samsung Galaxy A8 bilan taqqoslab, o‘z smartfoni bu borada ilg‘or ekanini aytdi. Ayniqsa, yorug‘lik past sharoitda surat olishda Mi A2 o‘z sohibini xursand qiladi.

Xiaomi tomonidan ma’lum qilinishcha, ikkinchi – 20 megapikselli sensorga tatbiq qilingan 'Super Pixel' texnologiyasi yorqin suratlar oilsh uchun ayni muddao. Mi A2 modeli portret olishda "sun’iy ong"ga tayanadi.

Mi A2 selfi kamerasi ham yomon emas -- 20 megapikselli. Selfi uchun ham fotchaqnoq ham mavjud. Selfi kamerada ham orqa foni g‘ira-shira qilingan suratlar olish mumkin.

Yana bir o‘ziga xos jihat -- Google Lens! Google Lens surat va manzarani tahlil qiladi. Google Assistant - aqlli yordamchisi, Google Photos ilovasi fotosurat bilan ishlash imkonini oshiradi.

290 AQSh dollaridan sotiladigan Xiaomi Mi A2 modelining kamerasida olingan quyidagi suratlarga baho bering.

Xiaomi Mi A2 texnik jihatlar:

Aloqa tarmog‘i: GSM (850/900/1800/1900 MGs), WCDMA/HSPA (900/1800/1900/2100 MGs), FDD-LTE (B1, B3, B5, B7, B8, B20, B34, B38, B39, B40, B41), TD-SCDMA, CDMA;

Platforma: Android Oreo (Android One);

Displey: 5,99", 2160 x 1080 belgi, 18:9, 403ppi, 1500:1, IPS, 2,5D shaklidagi Gorilla Glass 5 shishasi;

Kamera: qo‘sh, 12 Mp, (Sony IMX486, 1,25 mkm, f/1.75) + 20-Mp (Sony IMX376, 2 mkm, TetraCell, f/1.75), 4K@30fps;

Old kamera: 20 Mp, Sony IMX376, 2 mkm, Super Pixel, HDR;

Protsessor: 8 yadro, 4 x 2,2 GGs + 4 x 1,8 GGs, Qualcomm Snapdragon 660;

Grafik chip: Adreno 512 650 MGs;

Operativ xotira: 4/6 GB LPDDR4X;

Doimiy xotira: 32/64/128 GB eMMC 5.1;

Xotirani kengaytirish: yo‘q;

Boshqa jihatlar: GPS, GLONASS, Bluetooth 5.0 HID, Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), 2x2 MU-MIMO, USB Type-C;

nano-SIM: 2 ta sim-karta;

Barmoq izi skaneri: bor;

Akkumulyator: 3010 mA soat, QuickCharge 3.0 18W tezkor quvvatlash;

O‘lchamlari: 158,7 x 75,44 x 7,3 mm;

Vazni: 168 gramm.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.