Hamyonbop Nokia 5 (2018) – suratlari, xususiyatlari, narxi va taqdimot vaqti

  •   DiMaX
  •  4799
  •  13.12.2017 10:44

Hamyonbop Nokia 5 (2018) – suratlari, xususiyatlari, narxi va taqdimot vaqti

HMD Global kompaniyasi «qayta tirilgan» Nokia brendi ostida turli narx toifasiga mansub smartfonlarni chiqarishda davom etmoqda. Uning MWC 2017’da taqdim etilgan Nokia 5 modeli – kompaniyaning metall korpusli eng arzon smartfonidir. Ushbu qurilmaning keyingi «avlodi» – Nokia 5 (2018) esa foydalanuvchilarning talab va istaklariga mos tarzda «kuchaytirildi», deb yozadi AKKet.

O‘QING: Nokia yana bitta smartfon tayyorlayapti ekan!

Xitoyning Telekommunikatsiyalar agentligi – TENAA sayti ma’lumotlar bazasida Nokia 5 (2018) haqidagi ma’lumotlar hamda uning suratlari paydo bo‘ldi. Davlat sertifikatori e’lon qilganiga qaraganda, mazkur ma’lumotlar ishonchli, albatta.

Xullasi kalom, 2018 yilgi Nokia 5 modelining IPS-ekrani diagonaliga 5,5 dyuym o‘lchamga ega. Displeyning tasvir aniqligi 1920x1080 pikselli, ya’ni Full HD formatida. Gadjetga sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 630 protsessori o‘rnatiladi. Tezkor va doimiy xotirasi hajmi tegishlicha 4 va 64 gigabaytga teng. Asosiy kamerasi 16, selfi-kamerasi esa 5 megapikselli suratlar olishga qodir.

Nokia 5 (2018) metall korpusining orqa panelida barmoq izi skaneri o‘rin olgan. Smartfon ikkita SIM-karta slotiga ega bo‘lib, u to‘rtinchi avlod LTE 4G tarmoqlarini to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur devays boshidanoq Android 8.0 Oreo operatsion tizim talqini bilan chiqariladi. Shuningdek, Android Pay to‘lov tizimi bilan ishlash uchun unga NFC moduli ham o‘rnatilgan.

Narx-navo masalasiga kelsak, xususiyatlari kuchaytirilganiga qaramay, uning ham 2017 yilgi Nokia 5 bahosida sotilishi aytilmoqda. Nokia 5 (2018) modelining rasmiy namoyishi borasida ikkita variant mavjud: kelasi yil yanvarning o‘rtalarida bo‘lib o‘tadigan CES 2018 hamda fevral oxirida tashkil etiladigan MWC 2018 ko‘rgazmalari. Bulardan ikkinchisi haqiqatga yaqinroq bo‘lib turibdi, zero, joriy yildagi modelni ham aynan shu fevraldagi tadbirda taqdim etishgan.

O‘QING: MWC 2017: LG, Sony, Samsung, Huawei, ZTE, HTC, Nokia’dan yangi smartfonlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!