Hamyonbop smartfon haqida tavsif-blogpost yozing va MDC Uzbekistan’dan smartfon yutib oling!

  •   DiMaX
  •  2129
  •  25.04.2018 13:21

Hamyonbop smartfon haqida tavsif-blogpost yozing va MDC Uzbekistan’dan smartfon yutib oling!

Xabaringiz bor, hozirda o‘zbek blogerlari chempionati ayni avj pallasida. Smartfonlar ishlab chiqaradigan MDC brendi mazkur chempionat uchun «Hamyonbop smartfonlar haqidagi eng yaxshi tavsif-blogpost» nominatsiyasini joriy qilgan. Ushbu tavsiflar chemponatning rasmiy saytiga joylab boriladi.

Hozirgi kunga kelib jahonda mobil texnologiyalarga bo‘lgan talab shiddat bilan o‘sib bormoqda. Shunday yuqori talabni hisobga olgan holda, ko‘plab texnologik kompaniyalar iste’molchilarga yaxshi texnik xususiyatlarga ega hamyonbop qurilmalarni ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday yondashuv mobil texnologiyalar sohasida ko‘plab trendlarni yuzaga keltirmoqda.

«Hamyonbop smartfonlar haqidagi eng yaxshi tavsif-blogpost» nominatsiyasi uchun chempionat ishtirokchilaridan ayni kunda taqdim etilgan yoki etilayotgan yaxshi texnik parametrlar bilan ta’minlangan hamyonbop (!) smartfon(lar) to‘g‘risida yozilgan tahliliy yoritilgan matnli-tavsiflar (ichida foto, video, grafika elementlari bilan) shaklidagi materiallar qabul qilinadi. Tavsifda smartfonning xususiyatlari batafsil va taqqosan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Materialning sifati va bayon usuliga alohida e’tibor beriladi.

Nominatsiya g‘olibi axborot texnologiyalarini o‘zbek tilida yoritadigan taniqli Terabayt.uz sayti tahririyati tomonidan aniqlanadi. Mazkur nominatsiya bo‘yicha Blogerlar chempionati ishtirokchilari orasidan bir nafar g‘olib bo‘lishi mumkin. Nominatsiya g‘olibi qo‘sh kamerali va HD-ekran bilan jihozlangan noodatiy dizayndagi MDC Prime Lite smartfoni bilan taqdirlanadi.

O‘QING: MDC Prime Lite – O‘zbekistondagi eng hamyonbop qo‘sh kamerali smartfon