Haqiqiy uchar kiyim yaratildi! (video)

  •   DiMaX
  •  1999
  •  07.04.2017 10:02

Haqiqiy uchar kiyim yaratildi! (video)

Angliyaning Gravity Industries startapi asoschisi Richard Brauning yaqinda Gollivud kinolaridagi superqahramon – Temir odam libosini eslatuvchi haqiqiy reaktiv kostyumni namoyish etdi.

To‘g‘ri, bu qurilma o‘sha kinodagi himoyalangan harbiy ekzoskelet xususiyatlariga ega emas. Ammo u bemalol insonni yerdan ko‘tara oladi. Buni quyidagi videoda o‘zingiz ham ko‘rishingiz mumkin:

Aslini olganda, bu kostyum oltita reaktiv dvigatel, yonilg‘i baki va yonilg‘i uzatish shlangidan iborat. Katta yoshli odam bunday kostyumda yerdan taxminan bir metrcha ko‘tarilishi va tezlikni sal oshirishi mumkin. Prototipning kamchiliklari sababli pilot himoyalovchi kiyimlarni ham kiyib olmasa bo‘lmaydi.

Lekin, Brauningning so‘zlariga ko‘ra, pilot mazkur kostyumga ko‘nikib olsa, u bemalol erkin ucha oladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!