Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?

Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?

Dunyodagi eng yirik smartfonsoz va iste’mol elektronikasi ishlab chiqaruvchi Samsung kompaniyasi televizordan tortib muzlatgichgacha sotadi.

Xo‘sh, kompaniyaning barcha premium mahsulotlarini sotib olishga shay bo‘lganlar o‘z budjetidan qancha mablag‘ sarflashlari kerak bo‘ladi? Bu savolga CNN nashri hisob-kitobiga tayanib javob beramiz.

O‘QING: Samsung'chilar bormi?

Dekabr oyida CNN Business nashri eng qimmat Apple mahsulotlarining barchasini sotib olish qanchaga tushishini hisoblagandi. Hosila: qariyb 80 ming dollar.

Kompaniyaning 1,999.99 dollar narxga ega bo‘lgan so‘nggi buklamafoni Galaxy Fold 2 5G ayni damda koreyslar tomonidan ishlab chiqarilgan eng qimmat smartfon sanaladi.

O‘tgan yilning sentyabrida taqdim qilingan qurilma 6.2 dyuymlik old ekran, 7.6 dyuymlik ichki ekranga (to‘liq ochilgandagi) ega. Buklanuvchi ekran va dasturiy ta’minot sabab foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida bir necha ilovalarni ishlatishi mumkin.

Smartfon metallrang kumush, oltin, qizil va ko‘k ranglardagi korpusga ega. Bundan tashqari, Galaxy Fold 2'ni sotib olganlar olti oy Spotify Premium va to‘rt oy YouTube Premium xizmatlaridan tekin foydalanishlari mumkin. Shuningdek, ushbu buklamafonni sotib olgan xaridorlar Samsung  kompaniyasining “Galaxy Z Premier“ VIP imtiyozlar dasturiga azo bo‘lishlari mumkin, bu dastur Michelin yulduzli restoranlari va mamlakat bo‘ylab golf klublariga kirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Ushbu qimmatbaho devaysga albatta g‘ilof taqish kerak bo‘ladi. Buning uchun hashamatli ko‘rinishga ega bo‘lgan 79.99 dollarlik jigarrang charm qoplamali g‘ilof mavjud.

Sayohat vaqtida telefonning quvvati tugab qolmasin desangiz, 59.99 dollar evaziga simsiz quvvatlash blokini sotib olishingiz kerak. Samsung Care+ xizmati oyiga 11.99 dollar turadi.
Jami: 2,151.96 dollar

Audio
Samsung'ning yuqori sifatli audioga ega bo‘lgan simsiz AKG N700NC M2 quloqchinlari 299.99 dollar turadi. Bu buklanuvchi quloqchinlar 23 soatgacha ishlab berish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, quloqchinlar Android va iOS operatsion tizimlariga mos keladi.

Shuningdek, Samsung 129.99 dollar narxga Galaxy Buds Live quloqchinlarini ham taklif etadi. Quloqchinlar egronomik dizaynga ega. Shuningdek, to‘liq quvvat bilan 6 soatgacha ishlab bera oladi. Quloqchinlar Smart Assistant yordamida smartfon bilan ovoz buyrug‘i orqali bog‘lanadi. Quloqchinlar yana ikkita ajoyib funksiyalarga ega. Besh daqiqa quvvat olishi orqali bir necha soat ishlab bera oladi. Bundan tashqari, shovqinni faol qaytarish funksiyasi muhim e’lon va tovushlarni to‘smagan holatda fon shovqinini qaytara oladi. Quloqchinlar ko‘k, qizil, pushti ranglarda bo‘ladi.
Jami: 429.98 dollar

Samsung Galaxy Watch3 Titanium
Galaxy Watch3 Titanium — Samsung'ning eng ilg‘or smart soati hisoblanadi. Smart soat tashqi ta’sirlarga, shu jumladan, suvga chidamlidir. Bir martalik to‘liq quvvat bilan bir kundan oshiq vaqt davomida ishlab bera oladi. Soat 45 mm lik displeyga ega. Devaysda Salomatlik funksiyalari yurak urish tezligini nazorat qilish, mashqlarni avtomatik ravishda yozib borish, uyquni nazorat qilish va stressni yengish uchun nafas olish ko‘rsatmalarini berish bilan shug‘ullanadi.

Agar hamyoningizni uyda unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, integrallashgan Samsung Pay yordamga keladi.

Smart soat smartfonga Bluetooth yordamida bog‘lanadi hamda Android va iOS tizimlariga mos keladi. Soat dastavval 599.99 dollar evaziga sotilayotgan edi. Hozirda uning narxi 499.99 dollarga arzonlagan. Soatning charmdan ishlangan tasmasi 79.99 dollar turadi.

Samsung'ning ultrabinafsha nurli tozalovchisi soat, telefon va quloqchinlarni tozalaydi va bir vaqtning o‘zida simsiz zaryad bera oladi. Qurilma narxi 39.99 dollar turadi.
Jami: 619.97 dollar

Samsung  Galaxy Book Flex QLED kompyuteri
Galaxy Book Flex  QLED — Samsung  tomonidan ishlab chiqarigan eng qimmat shaxsiy kompyuterdir. Qurilma ikki xil: 13.3 va 15.6 dyuym ekranga ega. Uning narxi 1,399.99 dollarni tashkil qiladi. Galaxy Book Flex'ning ekrani 360 gradusga qayrila olishi sabab, uni bir vaqtning o‘zida ham kompyuter, ham planshet ko‘rinishida ishlatish mumkin. Kompyuter tachskrin QLED displeyi, 10-avlod Intel Core protsessori va 512GB doimiy xotiraga ega.

To‘liq quvvatlanish orqali 19 soat ishlab bera oladi. Shuningdek, Galaxy Book Flex'da  Bluetooth bilan ishlovchi stilus va boshqa qurilmalarga simsiz zaryad beruvchi tachpad mavjud.

Qurilmani himoya qilish uchun 3 yillik Samsung Care+ himoya dasturi va qo‘llab-quvvatlash paketini 349.99 dollar evaziga sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, 79.99 dollarga Galaxy Book S sumkasini olishingiz mumkin.
Agar qo‘shimcha xotira kerak bo‘lsa, 2TB SSD kartani 229.99 dollarga xarid qilish kerak bo‘ladi.

369.99 dollar evaziga Samsung'ning 32 dyuymlik smart monitori hamda unga avtomatik o‘rnatilgan Microsoft 365 va ko‘ngilochar dasturlar to‘plamini sotib olishingiz mumkin.
Jami: 2,429.95 dollar

Planshet
Agar noutbuk-transformer yetarli bo‘lmasa, Samsung Tab S7+ plansheti eng yaxshi variant hisoblanadi. U 12,4 dyuymli, 120Hz'lik yangilanish chastotasida ishlovchi displeyga ega. Doimiy xotira 512GB'ni tashkil qiladi. Planshetning oddiy versiyasi 899.99 dollarni, uyali aloqa tizmini qo‘llab-quvvatlovchi versiyasi 1,045.99 dollarni tashkil qiladi. Bir martalik to‘liq quvvati bilan 14 soatgacha video ko‘rish mumkin. Stilus gadjetning qutisidan o‘rin olgan va ushbu planshetni sotib olganlar to‘rt oy mobaynida YouTube Premium ilovasidan bepul foydalanishlari mumkin.

Galaxy Tab S7+ plansheti uchun Samsung Care+ ning uch yillik obunasi 159.99 dollar turadi.
Jami: 1,209.98 dollar

Televizor
Samsung o‘zining 98 dyuymlik Class Q900 QLED Smart 8K UHD televizorini hozirda chegirma bilan 59,999.99 dollar evaziga sotmoqda. Televizorning asl narxi 99,999.99 dollarni tashkil qilar edi. Uzunligi 9 fut keladigan ekranda 8K kontentagi videolarni tomosha qilish mumkin. Shuningdek, televizor suniy intellektga ega. To‘rt yillik kafolat va devorga o‘rnatiladigan blok bilan jami 62,669.98 dollarni tashkil qiladi.
Jami: 62,669.98 dollar

Oshxona jihozlari

Maishiy texnika haqida gap ketganda, Samsung uzoq vaqtdan beri taniqli bo‘lib kelgan va so‘nggi yillarda u ovoz bilan boshqarish va sun’iy intellekt kabi funksiyalarga ega bo‘lgan ba’zi bir jihozlarni, masalan, standart muzlatgichni ishlab chiqaradi.

Samsung xaridorlarni bir necha yuz dollarlarini tejab qolishlari uchun muzlatgich, gaz plitasi, idish yuvish mashinasi va mikroto‘lqinli pechni o‘z ichiga olgan “oshxona paketi“ jamlanmasini taklif etadi. Kompaniya, shuningdek, qurilmalarni o‘rnatish va eskirganlarini olib ketish uchun hamda Samsung Care+ uchun qo‘shimcha to‘lovlarni oladi.

Family Hub muzlatgichi
Ushbu 22 kubiklik smart muzlatgich 4,799 dollar turadi. Biroq hozirgi kunda 4,099 dollar narxda sotilmoqda. Muzlatgichning kafolatini uch yilga uzaytirish narxi 129.99 dollar turadi. Muzlatgichda suvni filtrlash imkoniyati mavjud va filtrning uchta to‘plami 129,99 dollarni tashkil qiladi.

Family Hub — bu zanglamas po‘latdan yasalgan muzlatgich. Unda ovozli buyruq yordamida xarid ro‘yxatlarini yaratish imkoniyati mavjud va uning ichini o‘rnatilgan 3 ta kameralar orqali eshiklarni ochmasdan ko‘rish mumkin.

Idish yuvish mashinasi
Samsung zanglamas po‘latdan ishlangan idish yuvish mashinasi 1,049 dollardan sotila boshlagandi. Ammo hozir uning narxi 749 dollarni tashkil qiladi.

Pech
Samsung'ning rasmiy saytida eng qimmat pech 4,199 dollar turadi. Hozirda ushbu pech 3,779 dollar narxida sotilmoqda. Pechni ikki qismga bo‘lib bir vaqtning o‘zida ikkita ovqatni ikki xil haroratda pishirish mumkin.

Mikroto‘lqinli pech
Mikroto‘lqinli pech narxi 499 dollarni tashkil qiladi.

Induksion plita
36 dyuymlik induksion plita 2499 dollar turadi. Unda virtual olov bo‘lib xuddi gaz plitasiga o‘xshaydi. Bundan tashqari, plita  Bluetooth bilan bog‘lanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Gaz plitasi
Induksion plitadan tashqari albatta, gaz plitasi ham kerak bo‘ladi. Samsung'ning zamonaviy gaz plitasi 3,339 dollar turadi.
Oshxona jihozlari uchun jami: 15,223.98 dollar

Uy jihozlari

Kir yuvish mashinasi
Samsung'ning zanglamas po‘latdan yasalgan qora rangdagi Smart Flex kir yuvish mashinasi odatda 3,998 dollardan sotilar edi. Lekin uni hozir 3,597.98 dollar evaziga sotib olish mumkin. Ushbu mashina bir vaqtning o‘zida ikkita alohida kirni yuvishi mumkin. Shuningdek, mashina qoplamasi o‘zida bormoq izlarini qoldirmaydi.

Zamonaviy shkaf
Ushbu zamonaviy Smart shkaf ilingan kiyimlarni xushboy hid va bug‘ bilan tozalaydi. Uning narxi 1,149 dollarni tashkil qiladi. Qurilmani SmartThings ilovasi orqali boshqarish mumkin.

Changyutgich
Samsung turli xil changyutgichlarni sotadi.  Eng qimmat to‘plam 748 dollarni tashkil etadi va axlat qutisini avtomatik ravishda bo‘shatadigan aksessuari bo‘lgan changyutgichni o‘z ichiga oladi. Samsung, shuningdek, yanvar oyi boshida yangi JetBot 90 Robot changyutgichini taqdim etgan edi, ammo uning narxiga aniqlik kiritmadi.

Havo tozalagich
Ovoz buyrug‘ini qabul qiluvchi va Wi-Fi bilan ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan havo tozalovchi qurilma 549 dollar turadi.

SmartThings Wi-Fi to‘plami
Yuqoridagi qurilmalarning hammasini ulash uchun Samsung katta uyda Wi-Fi tarmog‘ini ulashadigan uchta router uchun 279,99 dollar talab qiladi. Ushbu router barcha aqlli qurilmalar va jihozlarni birlashtiruvchi markaz hisoblanadi.
Uy jihozlari uchun jami: 6,323.97 dollar

Xo‘sh, jami qancha pul sarflandi?
Uyingizni Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldirish uchun ancha pul sarflashingiz kerak.
Bozorni Apple (AAPL), Amazon (AMZN) va Google (GOOGL) raqobatchilaridan kechroq egallab olgan Samsung kompaniyasining Bixby sun’iy intellekt yordamchisidan ham foydalana olasiz. Bundan tashqari, zanglamaydigan po‘latdan ishlangan, yorqin ranglardagi yuqori sifatli qurilma va jihozlarga ega bo‘lasiz.

Barcha maishiy texnika va turli xil gadjetlarning narxlarini qo‘shgandan so‘ng, o‘rnatish to‘lovlari va boshqa maishiy texnika to‘lovlarini hisobga olmaganda jami 90,879.77 dollarni tashkil etadi (narxning katta qismi katta televizordan kelib chiqadi). Albatta, barcha texnikalarni uyga sig‘dirish uchun uy yetarli darajada katta bo‘lish kerak.

Yakuniy qiymat: 90,879.77 dollar!

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.