Har ikkala kamerasi 24 megapikselli, yuzni 0,1 soniyada taniydigan smartfon chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  1462
  •  12.09.2017 10:11

Har ikkala kamerasi 24 megapikselli, yuzni 0,1 soniyada taniydigan smartfon chiqyapti!

Xitoyning Vivo kompaniyasi 21 sentyabrda Pekinda bo‘lib o‘tadigan tadbirda o‘zining X20 modelini taqdim etadi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti orqali xabar bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu romsiz smartfon 5,8 dyuym diagonalga va 1080 x 2160 pikselli sifatga ega AMOLED-displey bilan jihozlangan.

Vivo X20’ning orqa panelidagi asosiy kamerasi qo‘shaloq ob’yektivli bo‘lib, selfi-kamerasi ham undan qolishmaydi. Old kamera ham 24 megapikselli bo‘lib, shu kamera orqali telefonni atigi 0,1 soniyalik muddatda blokirovkadan chiqarish mumkin.

Devaysga Qualcomm Snapdragon 660 protsessori hamda 6 gigabaytlik tezkor xotira o‘rnatilgan. Akkumulyatorining sig‘imi 3500 mA/soatni tashkil etadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!