HAR KIM DASTURChI BO‘LIShI MUMKIN! BOOTCAMP’DA ShUNDAY IMKONIYaT BERILADI

  •   DiMaX
  •  1930
  •  13.10.2018 12:23

HAR KIM DASTURChI BO‘LIShI MUMKIN! BOOTCAMP’DA ShUNDAY IMKONIYaT BERILADI

Agar siz dasturchi bo‘lmasangiz, o‘rta asrdagi savodsiz odamlardan biriga o‘xshaysiz. Ular «Fikrlash ruhoniylarning ishi» deb tushunishar edi. Insoniyat hamma o‘qish va yozishni o‘rgangan Renesans (Uyg‘onish) tarixini yashab o‘tdi. Endi biz navbatdagi renesans davriga keldik, bu – har bir odam kod yozib dasturlashni biladigan davr bo‘ladi.

Tim O’Reilli, O'Reilly Media asoschisi.

Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda mobil telefonlardan foydalanuvchilar soni 22.8 million, internetdan foydalanuvchilar soni 20 million kishidan oshib ketdi. Mobil internetda ommaviy axborot vositalarini kuzatib borish keskin oshganligi, davlat interaktiv xizmatlarining kundan-kunga rivojlanib borayotganligi, maishiy texnikalarini ishlatishda, ta’limda, sog‘liqni saqlash tizimidan kompyuter texnologiyalarining tezlik bilan kirib kelayotganligi oddiy insondan ham kerakli darajada axborot texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘lishni talab qilmoqda. Texnologiya haqida bilimingiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yashashingiz oson va qulay bo‘ladi. Aks holda kompyuter savodsizligi turmushning rivojlanmay qolishiga sabab bo‘ladi.

Demak, biz axborot texnologiyalarining ta’sirida qoldik. Demak, shunga mos ravishda dasturiy mahsulotlarga, xizmatdan foydalanishga talab juda yuqori. Bu o‘z o‘rnida ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarni faollikka, raqobatga boshlaydi. Insoniyat taraqqiyotining so‘nggi, hozirgi bosqichida yangi kasb-hunarni kashf qildi. Bu dasturchilikdir.

Dasturchilar – bugungi kunning kashfiyotchi, ixtirochilaridir. Yashash tarzimizni osonlashtiradigan, yengillashtiradigan aqllilardir.

Insonning eng katta resursi bu – aql, tafakkur qilish, fikrlash imkoniyatidir. Jamiyatda aqliy faoliyat talab qilinadigan kasb va ishlar ko‘p, lekin dasturlash bular orasida eng zamonaviy, eng daromadli va eng tez rivojlanib boruvchi va shuningdek qisqa vaqtda, har kim o‘rganishi mumkin bo‘lgan sohadir.

Bill Geyts aytganidek, «Dastur yozishni o‘rganish ongingizni kengaytiradi va sizni yaxshi fikr yuritishingizga yordam beradi, hamma sohalarda foydali fikrlash uslubini yaratadi».

Umumiy qilib ochiqchasiga aytganda, dasturlash yaxshi yashash imkonini beradigan eng oson yo‘llardan biridir.

PDP dasturlash va tillar akademiyasi o‘quv markazida tashkil etilgan ilk Bootcamp darslari boshlandi. 1- guruh talabalari shijoat bilan o‘qishga kirishdi. Sinov darslari haftasidan keyin talabalarning dasturlash bo‘yicha ilk taassurotlari bilan qiziqdik.

Turdaliyev Sherzod. Birinchi guruh talabasi

Men darslar bunchalik chuqurlashtirib o‘tiladi va dars soati ham bunday uzoq bo‘ladi, deb o‘ylamagan edim. Lekin, hammasi reklamada aytilganidek ekan. Ilk taassurotlarim esa juda iliq va ijobiy. Shinam o‘quv xonasi. Ahil jamoa. Professional o‘qituvchi ustoz. Dasturlash haqida tasavvurlarim juda boyidi. Garchi dars o‘tganimizga 1 hafta bo‘lganiga qaramay, juda ko‘plab bilimga ega bo‘lishga erishdim. O‘quv jarayoni ham ajoyib, qiziqarli debatlarga boy tarzda bo‘lyapti. Ustoz-shogird an’anasi faol ishlamoqda. Bootcamp – qisqa vaqt ichida juda ko‘p bilimlarga ega mahoratli dasturchi bo‘lish uchun ayni muddao! Shu qatorida o‘zimga va qolgan guruhdoshlarimga zafarlar tilab qolaman!

Turdaliyev Sherzod.

Mirzamitdinov Sayyod. Management Development Institute of Singapore bitiruvchisi.

Darslarni real proyektlardan misollar keltirilgan holda olib borilishi, qiyin bo‘lgan web texnologiyalarni oson tushuntirish metodlarini qo‘llanishi tufayli darslarni tez va oson o‘zlashtiryapmiz. Har kungi o‘tgan mavzularga moslashtirib real proyektlardan uy ishi berilishi, boshqa dasturlash kurslarida topib bo‘lmaydigan qimmatbaho tajriba bulayapti.

Mirzamitdinov Sayyod

DARS JARAYoNIDAN LAVHALAR

Dars jarayonidan lavhalar
Dars jarayonidan lavhalar
Dars jarayonidan lavhalar
Dars jarayonidan lavhalar
Dars jarayonidan lavhalar
Dars jarayonidan lavhalar
Dars jarayonidan lavhalar
Bo‘lajak dasturchilar

Axborot asrida jarayonlar, munosabatlar tezlashib ketdi. Qisqa vaqtda katta ishlarni bajarish, uzoq masofani bosib o‘tish, juda katta axborotni daqiqalarda qo‘lga kiritish imkoniyati inson faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Vaqtdan unumli foydalanish eng dolzarb masala va muvaffaqiyatning kalitiga aylandi.

Bootcamp aynan qisqa vaqt ichida to‘liq va kuchli dasturchiga aylanish imkoniyatini beruvchi o‘qitish shakli hisoblanadi. Bootcamp’lar axborot texnologiyalari, dasturlash rivojlangan mamlakatlarda turli kasb egalarini tayyorlashda keng qo‘llaniladigan ta’lim usuli hisoblanadi. Xususan, AQSh, Angliya, Kanadada axborot va dasturlar ishlab chiqaradigan, xizmat ko‘rsatadigan kompaniyalar hamda universitetlar dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha Bootcamplar tashkil etgan. AQSh Mehnat vazirligining tahlillariga ko‘ra, 2020 yilga borib mehnat bozorida dasturchi kadrlarga bo‘lgan talabning atigi 30 foizi qoplanishi mumkin, bu sohada vakansiyalar soni ko‘payib ketadi. Axborot texnologiyalari iqtisodiyotining asosiy qismini tashkil etadigan rivojlangan davlatlar migrantlarni qabul qilishda, kuchli mutaxassislarni chorlash maqsadida dasturchilarga alohida ustuvorlik va imkoniyatlar berib kelmoqda.

Xususan, O‘zbekiston misolida aytadigan bo‘lsak, axborot texnologiyalarini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishi va respublika imkoniyatlari, ehtiyojlaridan kelib chiqib qilingan tahlillarga ko‘ra, yaqin yillarda yuz minglab dasturchilarga ehtiyoj tug‘iladi. Hozirning o‘zida yurtimizda dasturchilar eng ko‘p yetishmayotgan, katta maosh taklif qilinayotgan kadrlar hisoblanadi.

Dasturchining mehnat bozorida boshqa mutaxassislardan eng katta yutuqli tomonidan biri shuki, ishga qabul qilishda oliy ma’lumot diplomi qat’iy talab qilinmaydi, balki, bilim va tajribasiga qaraladi. Bilim va tajribani qisqa vaqtda shakllantirishning eng qulay yo‘li bu, albatta Bootcamp’da o‘qish.

Dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha Bootcamp’ning 2-guruhiga qabul davom etmoqda. Guruhimizda o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan, tirishqoq talabalarni jamlashni maqsad qilganmiz.

Bootcamp kasbi, mutaxassisligi, o‘quv ma’lumotidan qat’i nazar 16 yoshdan kattalar uchundir. Asosiy talab – o‘qish va o‘rganishga qiziqish hamda xohish-istakning bo‘lishi, qolganida biz yordam beramiz.

BOOTCAMP’DA O‘QISh UChUN NIMALAR TALAB QILINADI?

Bootcamp guruhlariga 16 yoshdan yuqori bo‘lgan, kamida o‘rta ta’lim ma’lumotiga ega, kompyuterdan foydalanishni biladigan, ingliz tilidan boshlang‘ich bilimga ega xohlovchilar qabul qilinadi.

Talabaning o‘zida shaxsiy noutbuk bo‘lishi talab etiladi.

Biz sizga taklif qilayotgan ta’limda web dasturlash yo‘nalishida to‘liq dasturchi (Full stack developer) bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning uchun avval bir hafta davomida sizda dasturchi uchun talab qilinadigan [арактер ва минимум билимлар борлиги текширилади. Яъни мавзуларни сабр билан ўрганиш, тиришқоқлик, инглиз тилини билиш даражаси (дастурлаш тиллари, технологиялари инглиз тилида ишлагани туфайли, инглиз тилини камида бошланғич даражада билиш талаб этилади), компьютерда ишлаш қобилияти ўрганилади.

O‘RGANILADIGAN TEXNOLOGIYaLAR VA TILLAR

Front-end Development: HTML, CSS, Bootstrap, Sass, JavaScript, jQuery, jQuery plugins, Gulp;

Back-end Development: Java Core, Java OOP, Java Advanced, Node JS texnologiyalari;

Database Development: Oracle, PL SQL Developer, PostGreSql, MongoDb;

Spring texnologiyalari: Java JSP, Java Servlet, Java JDBC, Java JSTL, Spring MVC, Spring JPA, Spring Boot, Spring Security, Spring Web Services;

Automation Testing, Project management va boshqa texnologiyalar: Selenium, Junit, TestNG, XPath, Cucumber, Agile, Scrum, Maven, Git;

English: General English, dasturchilar uchun talab etiladigan ingliz tili saboqlari.

Ishoning, siz dasturchi bo‘lishga qodirsiz! Bu unchalik qiyin emas, fikrlash va mehnat uyg‘unligi kifoya. Ikkilanish bilan vaqtingizni o‘tkazmang, kelib Bootcamp guruhiga qo‘shiling.

Bootcamp haqida batafsil ...

Sizda yana qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, biz bilan quyidagi manzillar orqali bog‘lanib javob oling:

Bizning manzil: Toshkent sh. Mirobod tum. Afrosiyob ko‘ch. 4-uy. «Grand Trade» biznes markazi 3-qavat.

Mo‘ljal: «Kosmonavtlar» metro bekati. Turkmaniston elchixonasi ro‘parasida.

Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: + 99897 447 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzAcademy

Facebook: fb.me/pdp.uz