Har qanday predmetni o‘lchaydigan smart-ruchka yaratildi (video)

Har qanday predmetni o‘lchaydigan smart-ruchka yaratildi (video)

Biror narsaning o‘lchovlarini aniqlash haqida gap ketsa, birinchi navbatda, turli chizg‘ichlar, ruletka yoki lentalar ko‘z oldimizda gavdalanadi. Biroq yaqin kelajakda ixtiro etiladigan gadjetlar bunday yumushlarni innovatsion usulda bajarishi mumkin bo‘ladi.

4PDA nashrining ma’lum qilishicha,  Instrumments kompaniyasi mana shu maqsadda Instrumments 01 nomli maxsus gadjetni ishlab chiqdi. Yangi aksessuar kichikroq ruchka yoki marker shaklida yasalgan, qurilmaning bir uchida maxsus gardish va lazerdan iborat o‘lchov mexanizmi joylashsa, uning ikkinchi uchi ruchka, stilus yoki qalam vazifasini bajaradi.

Firma mutaxassislarining aytishicha, gadjet 0,1 mm aniqlikda predmetlarning o‘lchamini o‘lchashi mumkin. O‘lchangan buyumning o‘lchovlari bir vaqtning o‘zida smartfonda aks ettiriladi. Shuningdek, smartfondagi ilova orqali natijalarni boshqarish va ulashish mumkin.

Model dekabr oyida sotuvga chiqariladi, narxi 149 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.