Havaskor va tajribali dasturchilarga kerakli ilova – Web Development Tools

  •   DiMaX
  •  2287
  •  21.11.2017 17:17

Havaskor va tajribali dasturchilarga kerakli ilova – Web Development Tools

Ko‘pincha veb-dasturchilikni endi o‘rganayotganlar, shuningdek, hatto ba’zan tajribali ishlab chiquvchilar ham kerakli tegni yoki sintaksisni eslay olmay qoladilar. Shunday holatlarda ularga Web Development Tools dasturi yordamga keladi, deb yozadi AndroidInsider nashri.

O‘QING: Android dasturlashni o‘rganing va yuqori daromadli mutaxassisga aylaning

Android-qurilmalar uchun ishlab chiqilgan Web Development Tools ilovasini HTML5 hamda CSS imkoniyatlari bo‘yicha qo‘llanma, deyish ham mumkin. Uning asosiy oynasi to‘rtta bo‘limdan iborat. Ulardan birinchisida CSS’da fa old qo‘shimchasi (prefiksi) yordamida foydalanish mumkin bo‘lgan belgichalar joylashgan.

Ikkinchi bo‘lim esa Material Design ranglaridan iborat. Umumiy ranglardan bittasini tanlaymiz, shunda tanlangan rangning gradatsiyasi (tuslari) aks ettirilgan oyna ochiladi. Uchinchi bo‘limda HTML-teglar mavjud bo‘lib, ular turli ob’yektlar (jadval yoki matn) bilan ishlash uchun toifalar bo‘yicha ajratilgan. To‘rtinchi bo‘limdan esa CSS (xususiyatlari, joylashuvi, ko‘lami va hokazolari) bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar o‘rin olgan.

O‘QING: O‘zbek yigiti qanday qilib Amazon kompaniyasi xodimiga aylangani haqida

Web Development Tools ilovasida sozlamalar ham, reklama ham yo‘q. Bunday dasturni o‘rganib olish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi va u, ayniqsa, boshlovchi dasturchilar uchun juda ham foydalidir. Dasturni mana bu havola orqali Google Play’dan yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Dasturchilikdagi 3 kunda o‘zlashtirsa bo‘ladigan ko‘nikmalar