Hindistonda sun’iy yo‘ldoshdan olingan xaritalar senzuraga uchrashi mumkin

Hindistonda sun’iy yo‘ldoshdan olingan xaritalar senzuraga uchrashi mumkin

Hindiston huquqshunoslari yangi qonun loyihasi ustida ishlamoqda. Unda sun’iy yo‘ldoshdan turib olingan yerning surati va xaritalaridan foydalanishga cheklov o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Hind hukumati nuqtai nazaridan yasama deb topilgan xaritani sotganlik va foydalanganlik uchun mazkur qonun tashabbuskorlari 1 mlrd hind rupiyasi (15 mln dollar) miqdorida jarima solishni taklif qilyapti. Soxta xarita qatoriga davlatning bahsli chegaralari aks etgan xarita ham kiradi. Qonun loyihasida Google, Apple va Uber xaritalari nazarda tutilgan.

Bu loyihani parlament tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi, hozircha, noma’lum.