His-tuyg‘ular detektori yaratildi

His-tuyg‘ular detektori yaratildi

Lankaster Universiteti mutaxassislari ishlab chiqqan apparat hissiyotlaringizni aniqlaydi. Bu birinchi uchrashgan odamlarga yordam berish maqsadida yasalgan, deb xabar bermoqda Naked Science nashri.

Qurilma kishining nafas olishi, yurak ritmi, ko‘z harakati, yuz rangining o‘zgarishi singari ko‘rsatkichlarni qayd qiladi. Bu omillar haqiqatdan ham suhbatdoshingizga yoqyapsizmi-yo‘qmi – aniqlashtirib beradi. Detektor smartfon yoki planshetga ulanadi.

Masalaning madaniy-axloqiy tomoni bor: kishilarning emotsiyasini nazorat qilish o‘zi mumkinmi, degan savol tug‘iladi. Buning noxush oqibatlarini ham o‘ylab ko‘rish kerak.

Bunday detektorni yaratishda olimlarga “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi” filmi turtki bergan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!