Hisense A2 – xitoylik YotaPhone

Hisense A2 – xitoylik YotaPhone

Kuni kecha Xitoyning telekommunikatsiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida ikkita displeyga ega Hisense A2 smartfoni paydo bo‘ldi. Model mashhur YotaPhone uslubidan ishlangan, ikki tomondan AMOLED va E-Ink displeylari bilan jihozlangan.

Smartfonning orqasida joylashgan 5,2 dyuymli E-Ink ekranida fon rasmi, xaridlar ro‘yxati, soat kabi qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rish mumkin, albatta bu orqali batareya quvvatini sezilarli darajada tejash mumkin, deb yozmoqda Ferra nashri.

Hisense A2 qurilmasining old tomoniga 5,5 dyuymli Full HD aniqligidagi AMOLED ekran o‘rnatilgan, asosiy kamera sensorining aniqligi 16 MP. Old kamerasi 5 MP. Model sakkiz yadroli protsessor yordamida ishlaydi, 4 GB operativ va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Akkumulyator sig‘imi – 3000 mA/soat. Gadjet Android 6.0 Marshmallow dasturida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum qilingan.

Hozircha modelning qachon taqdim etilishi noma’lum.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!