Hisense E76 – qo‘ng‘iroqni shifrlovchi smartfon

Hisense E76 – qo‘ng‘iroqni shifrlovchi smartfon

Aslini olganda bugungi smartfon bozori uchun qo‘ng‘iroqlarni shifrlash yoki maxfiylashtirish texnologiyasi yangilik emas. Bozorda bu kabi dasturlar juda ko‘p. Ammo Hisense E76 mobil aloqa vositasida bu jihat apparat ta’minoti darajasiga olib chiqilgan. Aniqrog‘i, gadjetda bu ish, ya’ni qo‘ng‘iroqlarni maxfiylashtirish bilan alohida protsessor mashg‘ul bo‘ladi.

Shu bilan birga, gadjetda shifrlovchi maxsus dastur ham bor. Smartfonda barmoq izlari skaneri ham joriy qilingan. Hisense E76’ning an’anaviy va muhim jihatlari qatoriga uning sifatli va to‘liq metall xomashyosidan ishlangan korpusini kiritish mumkin.

Smartfonda 5,5 dyuymli, 2.5D turidagi shisha himoya qatlamiga ega FHD displey, yangi Snapdragon 430 protsessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy ichki xotira mavjud. Uning kameralari 5 Mp va 13 Mp sig‘imli suratlar oladi. Qurilma akkumulyatori o‘zida 3000 mA soat elektr tokini jamlaydi.

“Aqlli telefon” Android 6.0 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Yana bir muhim jihati shundaki, smartfon mobil aloqaning barcha muhim standartlari, jumladan CDMA texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Xitoyda Hisense E76 $305 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!