Honda 3D-printerda avtomobil chop etdi

Honda 3D-printerda avtomobil chop etdi

Yaponiyadagi CEATEC ko‘rgazmasida “Xonda” 3D-printerda bosib chiqarilgan birinchi mashinasini ko‘rsatdi. Bu loyiha innovatsion injenerlik ishlariga ixtisoslashgan Kabuku Inc yapon kompaniyasi bilan hamkorlikda bajarilgan.

Relizda “Rusum yakka haydovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, kichik yukxonasi bor. Shu jihatidan foydalanib Yaponiyaning Toshiyama konditerlik kompaniyasi xaridorlarga pechene eltib berish uchun yangi elektrokardan foydalanmoqda”, deyilgan.

Elektromobilni yasashda Honda – Micro EV noyob texnologiyasi qo‘llangan, shassisi yengil, biroq mustahkam konstruksiyada yasalgan. Yaqin kunlarda elektromobilni sinash boshlanadi.

Honda Motor kompaniyasiga 1964 yilda asos solingan. 60-yillarda kompaniya mototsikl chiqargan, 70-yillarga kelib avtomobil yasay boshlagan va jahon avtobozoriga dadil kirib kelgan. “Xonda”ning asosiy ofisi Tokio shahrida. Hozirgi kunda dunyoning 33 mamlakatida “Xonda”ning yuzdan ortiq zavodlari bor. Jami ishchi-xizmatchilari soni 200 ming atrofida.

Honda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.