Honor 20S'ning rasmiy renderlari namoyish qilindi

Honor 20S'ning rasmiy renderlari namoyish qilindi

Honor kelasi hafta o‘zining 20S smartfonini taqdim qilishi rejalashtirilgan. Muxlislar esa qurilmani intizorlik bilan kutmoqda. Ularning ishtiyoqini yanada oshirish uchun kompaniyadagilar devaysning rasmiy render rasmlarini taqdim qildi. Tasvirlardan ko‘rishimiz mumkinki, smartfon sotuvda bo‘ladigan har uchala: oq, qora va ko‘k ranglarda ham juda nafis ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Orqa panel plastikdan ishlanganmi yoki Gorilla Glass bilan himoyalanadimi, bundan hozircha xabarimiz bo‘lmasa-da, turli yorug‘lik ostida turlicha tovlanishi aytilayotgan qurilma korpusi, shubhasiz, juda chiroyli ko‘rinishi tasvirlardan namoyon ekanligini ta’kidlashimiz mumkin. 

Dizayn muhim bo‘lishi mumkin, biroq qurilmaning ishlashi undan-da muhim. Honor 20S'ga Kirin 980 chipi, 12/256GB gacha xotira sig‘imi o‘rnatilgan bo‘ladi. Uch kamera modulining asosiy datchigi 48 megapiksel, o‘ta keng burchakli ob’yektiv 8 megapiksel va sath kamerasi 2MP bo‘lishi ehtimoli juda yuqori.

Smartfonning yana bir qiziq jihati u qaysi operatsion tizimda ishlashidir. 20S Android Pie'ga asoslangan EMUI 9.1'da ishlaydimi yoki Huawei hammani hayratlantirgan holda unga Harmony OS'ni o‘rnatgan bo‘ladimi? Mana shunisi hozircha qorong‘u.

O‘QING: UMS va Huawei o‘zaro 150 million dollarlik Memorandum imzoladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!