Honor 8 Lite — hamyonbop bo‘lsa ham, hashamdor va tezkor!

Honor 8 Lite — hamyonbop bo‘lsa ham, hashamdor va tezkor!

Honor 8 Lite — tashqi hashamdorlik bilan ko‘pchilikni maftun qilgan mobil aloqa vositasi. Smartfon Honor 8 flagmanidan yupqa va shishador korpusni meros olgan. Bu korpus nur ostida ko‘zni oladi. Modelning ko‘k korpusli talqini, ayniqsa muvaffaqiyatli chiqqan. Smartfon korpusi shishadan ishlangan bo‘lsa-da, orqa panelning ham dog‘-dug‘ga qarshi qoplamaga ega bo‘lgani diqqatga sazovor. 

Jihatlari: 

Korpus materiali: plastik, shisha;

Operatsion tizim: Android 7.0, EMUI 5.0;

Aloqa tarmog‘i: GSM/EDGE, UMTS/HSDPA, LTE (2xnanoSIM);

Ekran: LTPS LCD, 5.2” diagonalli, FullHD (1080x1920 pikselli);

Platforma: HiSilicon Kirin 655;

Protsessor: 8 yadroli, 64 bitli HiSilicon Kirin 655;

Video-karta: Mali-T830;

Operativ xotira: 4 GB;

Doimiy xotira: 32 GB;

Qo‘shimcha xotira kartasi: microSD (2-SIM-kartaning o‘rniga);

Bosh kamera: 12 megapikselli, f/2.2;

Old kamera: 8 MP, f/2.0;

Interfeys: Wi-Fi b/g/n/, Bluetooth 4.1, quvvatlash va ma’lumotlar almashinuvi uchun microUSB (USB-Host) porti, 3.5 mm.li naushnik tuynugi;

Navigatsiya: GPS (A-GPS), Glonass, BDS;

Qo‘shimcha: barmoq izlari skaneri, akselerometr, yorug‘lik datchigi, oraliq-masofa sensori;

Batareya: 3000 mA soat;

O‘lchamlari: 147,2 x 72.94 x 7.6 mm;

Vazni: 147 gramm.

Tanishuv 

2017 yil qo‘sh kamerali smartfonlarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, o‘rta narxli va undan ham arzon yaxshi mobil aloqa vositalarining e’lon qilinayotgani ham odamni xursand qiladi. Jahonning 3-raqamli smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Huawei bir-biridan qiziqarli mobil telefonlar ishlab chiqarishda davom etib, 2017 yilning mayida Honor 8 Lite smartfonini taqdim qildi. Ammo, bu gal qo‘sh-sensorli yechimdan ortga chekinildi. 

Avvalgi P9 va Honor 8 modellari Leica brendiga mansub kameralari bilan o‘ziga xos edi. Jumladan, Honor 8 ham kamera va dizayni jihatdan ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan. Uning "Lite" talqini qo‘sh-sensorli kameradan mahrum bo‘lgan bo‘lsa ham, P9 Lite’nikidan yangiroq va kuchliroq – sakkiz yadroli Kirin 655 protsessoriga, 4 GB "operativka", FullHD ekran va 3000 mA soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lgan.

Dizayn, o‘lcham va boshqaruv elementlari

8 Lite apparati ko‘rinishidan avvalgi «sakkiz»larni ortda qoldiradi: sip-silliq korpus, shisha, yorqin rangli (ko‘k, tilla rang, oq, qora) korpus yechimi.

Bir qaraganda 8 Lite va Honor 8 ko‘rinishidagi farq qo‘sh va bitta sensorli kamera bo‘lsa ham, qo‘lga olgan 8 Lite'ning jozibadorligi yaqqol tosh bosadi. Garchi, arzon talqinda korpus shisha va plastikdan, hatto yon tomon sinchlar ham plstikdan tayyorlangan bo‘lishiga qaramasdan, hashamdorlikda u "akasi"dan ustun.

Honor brendi bu modelni "bir tomchi suvdek" dizaynga ega smartfon deb atagan. Uning orqa va oldi tomoniga 2.5D shakliga ega shisha panel qoplangan. Smartfon juda sirpanchiq.

Honor 8 Lite'ning yig‘ilishi puxta-pishiq, korpus kaftdaligida qisirlash yoki panellar o‘rtasidagi tirqish ko‘zga tashlanmaydi. Korpus qalinligi bor-yo‘g‘i 7.6 mm, vazn – 147 gramm. Smartfon kaftga qulay joylashadi.

Old panelning yuqori qismida kamera, datchik, o‘tkazib yuborilgan hodisalar uchun ogohlantirish indikatori, suhbat dinamigi joylashgan. Dinamikning ovoz tarqatishi baland va aniq-tiniq.

Honor 8 Lite korpusining quyisidan mikrofon, microUSB (Type-C emasligi achinarli) porti va karnay o‘rin olgan.

Korpus o‘ng tomonida o‘chirib-yoqish tugmasi, ovozni boshqarish klavishi mavjud. Korpus o‘ngida esa 2 xonali bo‘lmacha mavjud.

Honor 8 Lite smartfon tomida esa 3.5 mm.li audio tuynuk, qo‘shimcha mikrofon bor.

Orqa panelda esa bosh kamera moduli, fotochaqnoq o‘rnatilgan. Har ikkala element ham korpus tekisligidan oshmagan, ya’ni qabariq emas. Ulardan quyida esa barmoq izlari skaneri mavjud.

Displey

Honor 8 Lite mobil aloqa vositasida diagonali 5.2 dyuymli ekrandan foydalanilgan. Uning o‘lchami – 64,5x115 mm, yuqori rom – 15 mm, quyisi – 16,5 mm, chap va o‘ng tomondagi romlar – 4 mm. Ekranda ko‘zni oluvchi nurga qarshi qoplama mavjud.

Honor 8 Lite displeyining sig‘imi – FullHD, ya’ni unda 1080x1920 ta piksel aks etadi. Displeyning tomonlar nisbati – 16:9, har dyuymdagi piksellar soni – 423 ta. Ekran matritsasi IPS (LTPS LCD TFT), havosiz qatlmali.

Ekranning maksimal yorug‘ligi – 620 kd/m2.ga (oq rangda) yetadi. Qora rangda esa maksimal yorug‘lik – 0.5 kd/m2. Grafik yorug‘ligi esa me’yordan bir oz past.

Honor 8 Lite apparatida o‘qish rejimi bo‘lib, unda ekran nurlanishining miqdori pasayadi.

Umuman olganda, ekran sifati hamda tasvir namoyishi foydalanuvchini xursand qiladi.

Samaradorlik va platforma

Honor 8 Lite «yuragi» uchun Huawei'ning shaxsiy chipidan foydalanilgan – HiSilicon Kirin 655 (2016 yil so‘ngila taqdim qilingan). Bu protsessor ma’lumotni FinFET+ texnologiyasi asosida 16 nanometrda qayta ishlaydi. 64 bitli chipda 8 yadro mavjud (2.12 (4xA53) 1.7 (4xA53)), grafik-tasvir uchun Mali-T830 mas’ul.

Honor 8 Lite platformasining ishlashi yetarlicha tezkor va qotib qolishlar kuzatilmaydi. O‘yinlar yoki ilovalarni o‘qishda telefonda biror muammo kuzatilmaydi. Og‘ir vazifa yuklangan taqdirda ham, korpus qizib ketmaydi. Antutu benchmarkida bu chip 59 000 ball to‘plagan, ya’ni 200 dollarlik telefonlarga xos.

Narxining nisbatan hamyonbopligiga qaramasdan, Honor 8 Lite ilg‘or va yirik tezkor xotiraga ega bo‘lgan – 4 GB LPDDR3 (o‘tkazuvchanlik -- 5800 MB/s). Doimiy xotira esa 32 GB (ma’lumotlarni o‘qish tezligi -- 135 MB/s, ma’lumotlarni yozish esa past -- 51 MB/s). Smartfonga 128 gigabaytgacha bo‘lgan xotira kartasini o‘rnatish mumkin.

Kamera

Honor 8 va 8 Pro'dan farqli ravishda, Lite modeli "bir ko‘zli", ya’ni kamera sensori bitta. 12 MP (f=2.2, piksel o‘lchami -- 1,25 mkm). Old kamera 8 MP (f=2.0). Fotochaqnoq ham bir tusli.

Huawei'ga xos an’anaga ko‘ra, kamera kunduz kuni yuqori sifatli suratlar olsa, kechki suratlar o‘rta darajali. Kameraning ustun jihatlari qatoriga oq tusning aniq tanlanishini aytish mumkin.

Selfi esa ko‘ngildagidek chiqadi: tiniq va keng burchakli.

Bosh kamera tasvirga oladigan FullHD (30 fps) videolar sifati o‘rtacha. Old kamera esa HD videolar suratga oladi.

Quyidagi suratlarda Honor 8 Lite kamerasiga baho bering.

Akkumulyator

Bu modelda foydalanilgan, korpusdan ajralmas litiy-ionli (Li-Ion) akkumulyatorning elektr toki sig‘imi 3 000 mA soat.

Bu quvvat 30 minutlik suhbat, 9.00 dan 02.00 ga qadar Wi-Fi'ga ulanganda, LTE tarmog‘ida bir necha soat tvitter, pochta, vatsapp, video-muloqotdan foydalanganda bu quvvat smartfonga 24 soatga yetadi.

Akkumulyatorning imkoniyatlariga to‘liq bahbering: 

Video – eng yuqori yorug‘likda 9 soat;

O‘yin – eng yuqori yorug‘likda 4 soat va 30 daqiqa;

Internetda serfing – eng yuqori yorug‘likda 5 soat 40 daqiqa.

Kommunikatsiya imkoniyatlari

Honor 8 Lite, nafaqat 2G (850/900/1800/1900 MGs)/3G (HSPA+ 42 Mbit/s.gacha), balki 4G CAT 6 (300 Mbit/s.gacha) tarmog‘ida ham ishlaydi.

Gadjetda tatbiq qilingan «Signal+» funksiyasi aloqa signalining yaxshi qabul qilinishini ta’minlaydi. Yana bir muhim jihati – «Wi-Fi+» funksiyasi. Bunda gadjet avtomatik tarzda barqaror va kuchli  (mobil yoki Wi-Fi) tarmoqqa ulanadi.

 

Xulosa 

Yaxshi texnik jihatlar (4 GB "operativka", tezkor chip, yaxshi kamera va boshqalar ...)ga qaramasdan, smartfon kompaniyaning hamyonbop gadjetlari qatoridan o‘rin olgan. Ayni paytda yurtimizda Honor 8 Lite 230$ dollardan sotilmoqda.

Uning raqiblari qatorida HTC One X10 (tezkor xotirasi kichikroq), Meizu MX6, shuningdek Xiaomi Mi5x'ni ko‘rsatish mumkin.

Bu telefon apparatidan foydalanish yoqimli va qiziqarli. Shuningdek, bizning maslahatimiz ekrangan albatta dog‘ga qarshi qoplama yotqizing. Shuningdek, uning chiroyini bekitib bo‘lsa ham, g‘ilof bilan ishlating. Harqalay, bu undan uzog‘roq foydalanishingiz uchun ayni muddao.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi