Honor Note 10 taqdim qilindi: yana bir kuchli flagman yarim narxida!

Honor Note 10 taqdim qilindi: yana bir kuchli flagman yarim narxida!

Honor brendi bugun Xitoyda bo‘lib o‘tgan taqdimotida jamoatchilik e’tiboriga Honor Note 10 smartfonini havola qildi. Mobil telefon 8 gigabaytli operativ xotira hamda tok sig‘imi 5000 mA soat bo‘lgan akkumulyatorga egaligi bilan o‘ziga xos.

Honor Note 10 modeli diagonali 6.95 dyuymli, aniqligi Full HD+ bo‘lgan AMOLED matritsali displey bilan ta’minlangan. Displey HDR10 funksiyasini hamda tasvir sifatini yaxshilaydigan "aqlli tizim"ga ega bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, bu funksiya tasvir sifatini 20 foizgacha oshiradi.

Ilg‘or Kirin 970 protsessori, 6/8 gigaybatli tezkor hamda 64/128 gigabaytli doimiy xotira, shuningdek Turbo texnologiyasi bo‘yicha sovitish tizimi mavjud video kartaga ega bo‘lgan platforma samaradorligi juda yuqori. CPU Turbo va GPU Turbo texnologiyalari protsessorning tezkor ishlashini ta’minlaydi.

Aytish kerakki, kompaniya bu noyob texnologiya ustida naq ikki yil ter to‘kkan. Smartfonda issiqlikni tarqatishga xizmat qiluvchi 8 qatlamlik sovitish tizimi joriy qilingan. Issiqlikni tarqatishga mas’ul tashqi qatlamga quvurcha yo‘li orqali sovuq suyuqlik yetib boradi hamda protsessor salqinligini 10 ° C darajagacha tushiradi. Bu esa chipning tez va barqaror ishlashini ta’minlaydi. "Turbo" texnologiyasini ishga tushirish uchun smartfon korpusida maxsus tugmacha ham bor.

Metall korpusli devaysdagi ovoz va tovuz uzatish tizimi Dolby Atmos brendiga mansub qo‘sh audio-karnaylar bilan yanada yuqori.

Bosh kameraga 24 megapikselli asosiy hamda 16 megapikselli yordamchi sensor o‘rnatilgan. Bu kamera "AI", ya’ni "sun’iy aql" yordamida muayyan manzarani taniydi hamda shunga ko‘ra sifatli surat olish uchun o‘z-o‘zini mustaqil sozlaydi. 13 megapiksel aniqligida surat oladigan old kamera ham "aqlli".

Android 8.1 (Oreo) operatsion tizimining EMUI 8.2 proshivkasi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadigan devaysning akkumuyaltor sig‘imi ham yomon emas -- 5000 ma soat. Bu batareyani 5V/4.5A standarti bo‘yicha tezkor quvvatlash mumkin.

Honor Note 10 qora hamda ko‘k rangli korpuslarda ertadan, ya’ni 1 avgustdan boshlab sotuvga chiqariladi. Uning quyi talqini (6/64 Gb) 410 AQSh dollari, o‘rta talqin (6/128 Gb) 470 AQSh dollari hamda yuqori talqin (8/128 Gb) 525 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Honor Note 10 texnik jihatlari:

Ekran: 6.95 dyuymli (1080 × 2220 pikselli), FHD+ aniqligida, AMOLED matritsali, 18.5:9 o‘lchamli, 2.5D himoya shishasi qoplangan, 115% NTSC rang qamrovi;
Protsessor: 8 yadroli Huawei Kirin 970 (4 x 2.4 GHz A73+ 4 x 1.8 GHz A53), 10 nanometrli, Mali-G72 MP12 video karta, i7 yordamchi protsessori, "sun’iy ong" hamda "Turbo" sovitish tizimlariga ega;
Xotira: 6/64 Gb, 6/128 Gb, 8/128 Gb, microSD orqali yana 256 gigabaytga kattalashtirish mumkin;
Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo), EMUI 8.2 proshivka;
Sim-karta: gibrid SIM-karta bo‘lmachasi (nano + nano / microSD);
Bosh kamera: 16+24 Mp bosh kamera (LED flash, f/1.8 apertura, avtofokus);
Old kamera: 13 Mp, f/2.0 apertura;
Barmoq izi skaneri: bor;
O‘lchamlari: 177×85×7.65 mm; vazni: 230 gramm;
Qo‘shimcha: USB Type-C orqali audio tizimga ulanish, Dolby Atmos, qo‘sh ovoz uzatkichli;
Aloqa imkoniyatlari: Dual 4G VoLTE, WiFi 802.11ac (2.4GHz/5GHz), Bluetooth 4.2 LE, GPS, NFC, USB Type-C;
Akkumulyator: 5000 mA soat, Super Charge tezkor quvvatlash texnologiyasi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.