HP Elite x3 – yangi Windows flagman

HP Elite x3 – yangi Windows flagman

Microsoft kompaniyasi o‘zining firma do‘konlarida yangi flagman HP Elite x3 modelining sotuvlarini boshladi. Windows 10 platformasida ishlaydigan gadjet dok-stansiya bilan birgalikda $799 narxida sotuvga chiqarildi.

HP Elite x3 smartfoni ilk marotaba MWC-2016 ko‘rgazmasida namoyish etilgan edi. Smartfon changdan himoyalanadigan korpusga ega, USB Type-C porti, ko‘z yoy pardasi skaneri va barmoq izi skanerlari bilan ta’minlangan.

Modelga 2,15 GGs chastotada ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Doimiy xotira sig‘imini microSD-karta yordamida 2 TBgacha kengaytirish mumkin. Qurilma 16 MPli asosiy va 8 MPli old kamera bilan jihozlangan.

AMOLED texnologiyasidagi displeyning diagonali 5,96 dyuymni tashkil qiladi. Ekran Quad HD aniqligida ishlangan. Flagman Windows smartfonlar muxlislariga ma’qul kelishi aniq.