HP firmasi 2017 yilda noutbuklar bozorining yetakchisiga aylanishi mumkin

HP firmasi 2017 yilda noutbuklar bozorining yetakchisiga aylanishi mumkin

Digitimes analiktiklarining bergan prognoziga ko‘ra, jahon bo‘yicha 2016 yilda jami bo‘lib 150 mln dona noutbuk ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich avvalgi yilga qaraganda 7,2 foizga kamroqdir. Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu holatga Apple tomonidan MacBook seriyasining yangilanishi va yangi Windows 10 dasturining pulli o‘rnatilishi sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, sohada yangi innovatsiyalarning kamligi ham noutbuklar bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Biroq shunga qaramay, 2017 yilda korporativ segment hisobiga noutbuklarga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolaveradi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, AQShning HP.Inc kompaniyasi 2017 yilda Xitoyning Lenovo firmasini ortda qoldirib, noutbuk sotuvi bo‘yicha jahonda yetakchiga aylanishi mumkin ekan. Sababi HP kompaniyasi raqobatbardosh mahsulotlar qatoriga va korporativ segmentda kuchli pozitsiyaga egadir. Lenovo firmasi Xitoydagi o‘ta keskin raqobat va Yevropadagi muammoli hamkorlik strategiyasi bois o‘zining yetakchilik pozitsiyalarini qo‘ldan boy berib qo‘yishi ehtimoldan xoli emas.