HP ProBook x360 11 – yangi noutbuk-transformer

HP ProBook x360 11 – yangi noutbuk-transformer

HP kompaniyasi yaqinda ProBook x360 11 nomli korpusi 360 gradusga aylanadigan noutbukni taqdim qildi. Unga aniqligi 1366×768 piksel bo‘lgan 11,6 dyuymli ekran o‘rnatilgan.

Ishlab chiqaruvchining yozishicha, model, asosan, talaba va o‘quvchilarga mo‘ljallangan. Qurilma MIL-STD-810G standartidagi himoyalangan korpusga ega, chang, tuz, namlik, tebranish va quyosh radiatsiyalariga ham chidamli. Klaviaturasi ham suv va turli suyuqliklar ta’siridan yaxshi himoyalangan, deb yozmoqda smartphone.ua.

HP ProBook x360 11 noutbukining eng kuchli versiyasiga Intel Apollo Lake Pentium N4200 protsessori, 8 GB operativ xotira va 256 GBli SSD o‘rnatiladi. Barcha versiyalar microSD slot, Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.2 modullari, USB Type-C va ikkita USB 3.1, HDMI 1.4b, 3.5 millimetrli audioslot bilan jihozlanadi. Avtonom ishlash vaqti 11 soatgacha.

Noutbuk 11 dekabrda AQShda sotuvga chiqadi, narxi 329 dollar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!