HTC 10 Rossiya smartfon bozorida sotila boshlandi

HTC 10 Rossiya smartfon bozorida sotila boshlandi

Tayvanlik ishlab chiqaruvchi — HTC Rossiyada o‘zining so‘nggi, joriy yilning 12 aprel kuni taqdim qilingan HTC 10 flagmanining Lifestyle talqinini sota boshladi. Iyun oyida mazkur smartfonning bazaviy talqini Rossiya smartfon bozoriga olib kirilgan.
Lifestyle versiyasi 45 ming rubl, ya’ni bazaviy talqindan 5 ming rubl arzon narxda savdoga chiqarildi.
HTC 10 Lifestyle flagman darajasiga yetmagan: boshlang‘ich darajali gadjetda Snapdragon 820 o‘rniga Snapdragon 652 protsessoridan foydalanilgan. Undagi tezkor xotira esa 4 GBdan 3 Gbaytga pasaygan. Shu bilan birga, LTE-modem Cat.6 (300 Mbit/s, 50 Mbit/s) standartidagi aloqani qo‘llab-quvvatlaydi. HTC 10 Cat.9 (450 Mbit/s, 50 Mbit/s)da ham faoliyat ko‘rsatadi. Bazaviy talqinda doimiy ichki xotira 64 GB bo‘lgan bo‘lsa, Lifestyle 32 Gbayt sig‘imli xotira kartasiga ega.
HTC 10 Lifestyle Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.
Rossiyalik mijozlar HTC 10 Lifestyle’ni to‘q kulrang, kumush va tilla rangli korpus talqinlarini xarid qilishlari mumkin.

Batafsil: HTC10: zamonamizning yana bir «kuchli» smartfoni namoyish qilindi

Apparatning qolgan jihatlari HTC 10’ga o‘xshash: 5,2 dyuymli sig‘imi Quad HD (2560 × 1440 piksel) bo‘lgan, Super LCD platformasida ishlaydigan displey, suratni optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega 2 ta — 12 MP bosh hamda 5 MP old kameralar. UltraPixel texnologiyasiga ega bosh kamerada lazerli avtofokus tizimi joriy etilgan.


HTC kompaniyasining ma’lum qilishicha, yangi mobil qurilmadagi quad HD displeydagi namoyishning yorqinligi oldingi shu turdagi displeydan 30 foiz yorqin va ranglar jilolanishi 50 foizga yuqori.
Smartfon, shuningdek barmoq izlari skaneri, elektr toki sig‘imi 3000 mA·soat bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlangan. Quvvat tizimi Quick Charge 3.0. tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.