HTC 10 sifatli ovoz yozishda raqiblarini “sindirdi”

HTC 10 sifatli ovoz yozishda raqiblarini “sindirdi”

12 aprel kuni tayvanlik ishlab chiqaruvchi HTC tomonidan taqdim qilingan HTC 10 flagmani UltraPixel texnologiyasiga ega 12 Mp kamerasi, metall korpus va QHD-displeyi, balki ovoz yozish va uzatish sifati bo‘yicha ham betakrorligini namoyish qilmoqda.

HTC 10 smartfonining shovqinga chidamli mikrofonlari 24 bitli stereo ovoz yozish ko‘nikmasi unga jahonda shunday yuqori sifatga ega ilk smartfon bo‘lish imkonini beradi.

HTC 10 yozib olayotgan ovoz qurilma xotirasiga «*.flac» formatida saqlab qo‘yiladi va uning hajmi raqiblarinikiga qaraganda 10 barobar katta bo‘ladi. Ya’ni, boshqa qurilmalarda yozilgan 7-10 megabayt hajmda bo‘ladigan 4-5 daqiqali ovoz fayllari, ushbu qurilmada yozib olinganida 70-100 MB hajmda bo‘ladi. Foydalanuvchi uning uchun hajm yoki sifat muhimligini o‘zi tanlashi mumkin.

HTC 10 mobil aloqa qurilmasidagi ikkita ovoz uzatgichning har biri alohida ovoz kuchaytirgichga ega bo‘lib, displeyning yuqori qismida joylashgan dinamik korpusning yuqori tomonidagi chastota, pastki dinamiklar past qismdagi chastotaga mas’ul. Chuqur va tiniq ovoz chastotasi tinglovchiga yanada diqqatli bo‘lish imkonini beradi.

htc_10

O‘ziga xos QHD-displey, yuqori sifatli kamera, ovoz uzatish va yozish tizimi va boshqa jihatlari bilan HTC 10 gadjeti 2016 yilning kashfiyoti bo‘lishi mumkin.

5.2 dyuymli, 2K texnologiyasidagi super LCD 5 displey, alyuminiy korpus, eng so‘nggi, 8 yadroli innovatsion Qualcomm Snapdragon 820 protsessori bilan «qurollantirilgan» HTC 10 zamonamizning eng kuchli  Samsung’ning Galaxy S7, LG’ning G5, hamda Apple’ning hali taqdim qilinmagan iPhone 7 smartfonlariga qarshi maydonga chiqqani ta’kidlanmoqda.

 HTC 10 haqida batafsil o‘qing:

HTC10: zamonamizning yana bir «kuchli» smartfoni namoyish qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!