HTC 10 smartfoni AMOLED-panelli LCD5-displeyiga ega bo‘ladi

HTC 10 smartfoni AMOLED-panelli LCD5-displeyiga ega bo‘ladi

HTC 10 haqidagi xabarlar ancha kamayib, model Samsung Galaxy S7 va iPhone 7 haqidagi shov-shuvlar soyasida qolib ketgandi. Bu jimlikni @evleaks yangi smartfon haqida navbatdagi yaxshi xabar bilan “buzdi”.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning kuzida One A9 taqdim etilgach, barcha gap-so‘zlar Super AMOLED ekranga qaratilgandi. Biroq Evan Blass(Evan Blass) xabariga ko‘ra, devays LCD5-paneliga ega bo‘ladi. Qayd etish kerakki, HTC eranlari One M7 davrida ham eng yaxshilar qatorida e’tirof etilar edi.

Albatta, yangilikning smartfonga joriy qilinishi brend muxlislarini xursand qilishi tabiiy. Bundan tashqari @evleaks smartfon batareyasi haqida ham ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, batareya quvvati 3000 mAs.ga teng bo‘ladi.

Shuningdek, HTC 10 smartfoni metall korpus, qayrilma oina, Snapdragon 820 chipset, 4 GB LPDDR4 operativ xotira, 16/32/64 GB ichki xotira, barmoq skaneri, 12-Mp va 5-Mp Ultrapixel-kameralar va Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizim bilan ta’minlanadi.

Flagmenning taqdimoti joriy yilning 12 aprel sanasida London shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.