HTC 10 tez orada Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadi

HTC 10 tez orada Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadi

 LlabTooFeR niki ostidagi dasturchi Tvitter blogida  HTC 10 flagmani uchun tayyorlangan Android 7.0 Nougat dasturining so‘nggi versiyalariga tegishli skrinshoilarni e’lon qildi.

Manbaning qayd etishicha, mazkur modell chiqarilgan Android 7.0 Nougat versiyasi anchagina barqaror, shuning uchun HTC 10 foydalanuvchilari tez orada smartfonni so‘nggi dasturga yangilashlari mumkin bo‘ladi. Avvalroq tarmoqda berilgan xabarlarda HTC 10 uchun Android 7.0 dekabr oyida chiqarilishi ma’lum qilingan edi.

488965 488966

Tayvanlik ishlab chiqaruvchi bundan oldin 2016 yilning so‘nggi choragida HTC 10, HTC One M9 va One A9 modellarini Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilashi borasida xabar bergan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.