HTC 11’ning taqdimot kuni ma’lum bo‘ldi

HTC 11’ning taqdimot kuni ma’lum bo‘ldi

Tayvanlik ishlab chiqaruvchi HTC yangi mahsulotining targ‘ibotiga bag‘ishlangan reklama kampaniyasini boshladi. Hozircha kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan suratda “Bahor kelmoqda” (Spring is coming) jumlasini ko‘rish mumkin. Surat ostida esa kompaniya ishqibozlarini “kutilmagan sovg‘a” kutayotgani ma’lum qilingan.

Ekspertlarning fikricha, ishlab chiqaruvchi o‘zining navbatdagi flagman smartfoni bo‘lgan HTC 11 va yangi talqindagi HTC U Ultra mobil aloqa vositalarining taqdimotini reja qilmoqda.

TechRadar insayderining yozishicha, HTC 11 flagmani 2550×1556 piksel sig‘imiga ega ekrani bilan LG yaqinda taqdim qilgan G6 hamda Samsung 29 mart kuni namoyish qilishni reja qilgan Galaxy S8 smartfonlariga “javob” bo‘ladi. HTC 11’da yilning peshqadam Qualcomm Snapdragon 835 protsessori o‘rnatiladi. Telefon apparati 6 GB “operativka” hamda 128 GB flesh-xotiraga ega bo‘lib, Android Nougat 7.1.2’ning o‘zlashtirilgan Sense 9.0 talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

2016 yilning ko‘rsatkichlari bo‘yicha, HTC kompaniyasi daromadi 13%ga kamaygan. Kompaniya 2017 yil boshida smartfon bozoridagi o‘rnini mustahkamlash uchun arzon va o‘rta narxli smartfonlar ishlab chiqarishdan voz kechganini ma’lum qilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!