HTC Halfbeak aqlli soatlarining yangi suratlari oshkor qilindi

HTC Halfbeak aqlli soatlarining yangi suratlari oshkor qilindi

Xitoyning Weibo mikroblogida HTC kompaniyasiga tegishli hali taqdim etilmagan Halfbeak aqlli soatlarining yangi suratlari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda IXBT sayti.

Yangi suratlarda soatning interfeysi ham aks etgan. Soat keyingi oyda Barselonada o‘tkaziladigan MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilishi kutilmoqda.

HTC Halfbeak soatiga aniqligi 360x360 piksel bo‘lgan aylana displey o‘rnatiladi. Qurilma Android Wear 2.0 operatsion tizimida ishlashi ma’lum qilingan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!