HTC Halfbeak nomli aqlli soat ustida ishlamoqda

HTC Halfbeak nomli aqlli soat ustida ishlamoqda

Xitoyning Weibo resursida HTC kompaniyasiga tegishli yangi Halfbeak aqlli soatining bir nechta tasvirlari paydo bo‘ldi. Bu haqda manbaga tayangan holda Androidpolice sayti xabar bergan.

Bugunga kelib LG, ASUS, Samsung, Huawei, Motorola va Sony kabi yirik korporatsiyalar bir nechta seriyadagi aqlli soatlarni namoyish qilishga ulgurdi. HTC ham bu safar ushbu segmentga kirib kelishga astoydil bel bog‘lagan ko‘rinadi.

HTC Halfbeak 360 gradusli aylana displey bilan jihozlangan, metall gardish bilan o‘ralgan. Soatning orqa qismida yurak pulsi sensori joylashgan. Shuningdek, orqa panelda HTC va Under Armour logotiplarini hamda zaryadlash uyasini ko‘rish mumkin. Yon tomonda boshqaruv funksiyalarini bajaradigan tugmalar mavjud.

1476077625_389_Long-rumored-HTC-039Halfbeak039-smartwatch-leaks-launch-date-still-unclear

Hozircha gadjetning taqdimot sanasi va narxi borasida hech qanday axborot oshkor etilmagan.