HTC: “One M10 kompaniyaga muvaffaqiyat olib keladi.”      

HTC: “One M10 kompaniyaga muvaffaqiyat olib keladi.”      

Taassurotli taqdimotlarga boy o‘tgan Jahon mobil kongressida HTC One M10 namoyishi ham kutilgan edi. Ammo so‘nggi xabarlarga ko‘ra, tayvanlik mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi HTC kompaniyasi mobil qurilma haqida mart oyida e’lon qiladi va taqdimot 11 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. u may oyidan boshlab foydalanuvchilar kaftini “zabt” etadi.

Mobil kongressda kompaniyaning moliya direktori Chaylin Chang smartfonning munosib kameraga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

“Biz ishonch bilan navbatdagi flagman munosib kameraga ega bo‘lishini e’lon qilamiz. Jahon mobil bozorini o‘rganib, shunday qarorga keldik. Umid qilamanki, bu yil hammasi boshqacha bo‘ladi,” deydi u.

HTC One M10: Kamera

Nexus smartfonlari kabi,  mobil apparatning 12 megapikselli Sony IMX377 kamerasida suratning aniq va ravshan ko‘rinishini ta’minlaydigan so‘nggi fokus texnologiyasidan foydalaniladi.

UltraPixel, lazerli fokuslash tizimi, suratning optik barqarorligi kabi texnologiyalar kameraning sifatli ishlashini ta’minlaydi.

HTC One M10: Dizayn va o‘ziga xosliklari

Kompaniya 2016 yil flagmanlariga o‘zgacha dizayn va innovatsiya bag‘ishlamoqchi.

Smartfon suv ta’siriga bardoshli bo‘lishi, simsiz quvvatlantirish texnologiyasi bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Qurilma korpusida metall xomashyosidan foydalaniladi.

HTC One M10: Ichki imkoniyatlar

Smartfon Android OS, v6.0.1 (Marshmallow) operatsion tizimi, so‘nggi Qualcomm Snapdragon 820 protsessorida ishlaydi. Gadjet 4 GB tezkor, 32 GB qo‘shimcha xotiraga ega bo‘ladi.

Gadjetni yoqib-o‘chirish tugmasi barmoq izlari skaneri vazifasini ham bajaradi.

HTC One M10: Displey

5.1 dyuymli displey 1440 x 2560, ya’ni har dyuym kvadratda 576 ta piksel sig‘imiga, Corning Gorilla Glass 4 himoya shisha qatlamiga ega bo‘ladi.

Mutaxassislar fikricha, displey texnologiyasida yuksak rivojlanish kuzatilayotgan bir vaqtda, Full HD ekranlar foydalanuvchi diqqatini tortmasligi mumkin. Shu bois, kompaniya bu  smartfonda QHD displeylaridan foydalanishi mumkin.

HTC One M10: Akkumulyator

Quvvat toshi – akkumulyator ham birmuncha kuchaytiriladi, ya’ni elektr quvvati sig‘imi 2840 milliamper soatdan 3000 mAs.ga ko‘tariladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, quvvat toshida tatbiq qilinadigan Quick Charge 3.0 – tezkor quvvatlash texnologiyasi qurilmaga 30 daqiqa ichida 83 % quvvat olish imkonini beradi.

 

HTC One M10: Raqiblari

U raqobatda Samsung Galaxy S7, HTC’ning 2015 yilda sotuvga chiqarilgan yana bir One A9, iPhone 6S va iPhone 6S Plus kabi davrimizning so‘nggi texnologiyada ishlayidgan gadjetlariga bas kelishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.