HTC Sailfish — Nexus 5X’ga munosib merosxo‘r

HTC Sailfish — Nexus 5X’ga munosib merosxo‘r

Shu kunlarda Nexus 5X’ning yanada takomillashgan avlodi HTC Sailfish smartfoniga oid so‘nggi ma’lumotlar smartfon ishqibozlarining diqqatini tortmoqda.

Telefon apparatida 5 dyuymli, Full HD (1920 × 1080 piksel) sig‘imli sensor displeydan foydalanilishi aytilmoqda. Undagi bosh kamera 12 hamda old kamera 8 MP sig‘imli suratlar olish imkoniga ega bo‘ladi.

Mobil aloqa qurilmasida 4 yadro, 64 bitli, 2,0 GGs chastota tezligida ishlaydigan protsessordan foydalanilishi ma’lum qilinmoqda. Gadjetning tezkor xotirasi 4 GB sig‘imli, doimiy ichki xotira 32 GB sig‘imli bo‘ladi.  HTC Sailfish Android N operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

“Aqlli telefon”ning xavfsizlik tizimi uchun uning orqa tomonidan o‘rin olgan barmoq izlari skaneri javobgar bo‘ladi.

Shu bilan birga, smartfonda Bluetooth 4.2 hamda USB Type-C simsiz aloqa adapterlari mavjud. HTC Sailfish’ning akkumulyator batareyasining sig‘imi 2770 mA·soat.

HTC Sailfish joriy yilning 2-yarim yilligida rasman taqdim qilinadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!