HTC sentyabr oyida ikkita Desire smartfonlarini taqdim etadi

HTC sentyabr oyida ikkita Desire smartfonlarini taqdim etadi

Tayvanning HTC kompaniyasi yaqinlashayotgan IFA 2016 ko‘rgazmasida bir yo‘la ikkita – Desire 10 Pro va Desire 10 Lifestyle modellarini taqdim etmoqchi. Bu haqda mobil sanoat bloggeri Evan Blas xabar bergan. Blogger bergan ma’lumot ko‘ra, Desire 10 Lifestyle 5.5 dyuymli ekran, nomi ma’lum qilinmagan Snapdragon protsessori, 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira (hududga qarab 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira bo‘lishi ham mumkin) hamda 13 MP/5 MP chaqnoqli kameralarga ega bo‘ladi. Smartfon tillarang hoshiyali ko‘rinishda bo‘lishi haqida xabar berilgan.

Desire 10 Pro va uning texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida biror ma’lumot keltirilmagan. Biroq qurilmaning nomiga qarab u o‘z parametrlari bo‘yicha Desire 10 Lifestyle smartfonidan ustun bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Ushbu smartfonlar ham Desire seriyasining boshqa smartfonlari kabi o‘rtacha narx segmentida savdoga qo‘yiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.